Microsoft asoschisi Bill Geyts Forbes jurnaliga bergan intervyusida sun’iy intellekt bo‘yicha OpenAI bilan hamkorlik qilish, sun’iy intellektning mehnat bozori, tibbiyot va boshqa sohalarga ta’siri haqida gapirdi.
2022-yilning yozida Geyts OpenAI asoschisi va prezidenti Greg Brokman bilan uchrashib, brendning sun’iy intellekt (AI) kontent yaratish mahsulotlari bilan tanishdi. Uchrashuv arafasida startap Microsoft bilan “ko‘p yillik, ko‘p milliard dollarlik” chuqur hamkorlikni e’lon qildi.
— 2018 yildagi OpenAI faoliyati haqida birinchi marta qiziqish bilan gapirganingizni eshitdik shekilli. Bu rostmi? Bu kompaniyaga aynan qachon qiziqib qoldingiz?
— Sun’iy intellektga bo‘lgan qiziqishim dasturiy ta’minot olami bilan tanishishning dastlabki kunlaridan boshlangan. Kompyuter ko‘rishi, eshitishi va yozishi mumkinligi haqidagi g‘oya butun sanoatimizning azaliy maqsadidir. Bu har doim qiziq bo‘lgan.
Men Sem Altmanni (OpenAI bosh direktori) yaxshi bilaman. OpenAI’da Greg (Brokman) va Ilya (Sutskever, startap hammuassisi va bosh tahlilchi) kabi boshqa xodimlar bilan uchrashdim. Ularga shunday dedim: “Bilasizmi, agar biz bilimning aniqroq ifodasini hamda ramziy mantiqning aniq shakllarini taqdim qilmagunimizcha, rivojlanish o‘zining to‘liq salohiyatiga erisha olmaydi”.
Bunday savollarni nafaqat men, balki boshqa ko‘plab odamlar ham ko‘tardi. Ammo ular meni ishontirishga muvaffaq bo‘lishdi: bu ulkan til modellari kengaytirilganda, mashinaning xatti-harakati katta darajada namoyon bo‘ladi.
Bundan tashqari, ular ba’zi yangiliklarni amalga oshirdi va maxsus tayyorgarlik bilan mustahkamladi. Men doim aloqada bo‘laman va ular o‘z ishlarini juda yaxshi namoyish etadi. Endi, bir muncha vaqt o‘tgach muammolarni hal qilish uchun zarur bo‘lgan professional back-end dasturchilar bilan jamoaviy ish qilinmoqda. Hammasi Microsoft bilan hamkorlikdan boshlandi.
— Shaxsiy merosingiz ularga qanday yordam berishini ko‘rish yoqimli bo‘lsa kerak a?
— Ha, albatta, chunki men uni (Microsoft) yaxshi ko‘raman. Bilasizmi, ko‘p foydali ishlar uchun bizda ofis ishidagi kabi ishchilar armiyasi yo‘q. Aytishim kerakki, o‘tgan yili (sun’iy intelekt bo‘yicha) erishilgan yutuqlar meni juda xursand qildi.
— Juda ko‘p texnologik o‘zgarishlarni yoki katta siljishlarni siz kabi yaqin masofadan kam odam ko‘rgan. Sun’iy intelektni texnologiya tarixidagi ushbu muhim daqiqalar bilan qanday taqqoslagan bo‘lardingiz?
— Men hamma narsa yuzada yotadi, derdim. Bizda GUI bo‘lmagan shaxsiy kompyuterlar bor edi. Keyin Windows va Mac qurilmalari kabi GUI kompyuterlari paydo bo‘ldi.
Ajablanarlisi shundaki, men so‘nggi 12 oy ichida Sun’iy intelekt nuqtai nazaridan ko‘rgan narsam oddiy shaxsiy kompyuter, grafik foydalanuvchi interfeysiga ega shaxsiy kompyuter va Internet kabi muhim. Sun’iy intellekt raqamli texnologiyalar tarixidagi to‘rtta eng muhim bosqich orasida o‘z o‘rniga ega.
Bundan tashqari, OpenAI qanday ishlashini boshqalarga qaraganda yaxshiroq bilaman. Albatta, ular yagona emas. Aslida, bu o‘ziga xos tarzda ajoyib, chunki sanoat yangi ishtirokchilar bilan to‘ldiriladi. Ammo OpenAI qilgan ishlari juda ta’sirli va ular, albatta, AI sanoatida yetakchi. Oddiy odamlar buni ChatGPT’ning keng qamrovli ekani tufayli ko‘rib turibdi.
— Sizningcha, bu ish jarayoni va biznes yuritishni qanday o‘zgartiradi? Samaradorlik oshganidan xursand bo‘lishga hali erta emasmi? Ishimni yo‘qotishdan xavotirlanishim kerakmi?
— Sun’iy intellekt rivojlanishini kuzatayotgan mutaxassislarning aksariyati, birinchi navbatda, AI ishchi mutaxassisliklar va jismoniy mehnatga ta’sir qilishini aytishadi. Aynan shu narsa hozir sodir bo‘lmoqda, shuning uchun hushyor bo‘lishga arziydi, garchi ishlar kutganimdan biroz sekinroq ketayotgan bo‘lsa ham.
Biroq, eng ajablanarlisi matnlarni o‘qish va yozish bilan bog‘liq vazifalar, masalan, murakkab hujjatlar to‘plamini umumlashtirish yoki ma’lum bir muallif uslubida asar yaratish — bularning barchasini sun’iy intelekt qila oladi va yanada yaxshiroq bo‘lishi mumkin. Bu darajada soddalik hayratlanarli.
— Greg (Brokman) va Semni (Altman) bilganingiz uchun, nega ular sun’iy intellektni yaratishga mas’uliyat bilan yondashishlariga va texnologiyaning munosib saqlovchisi bo‘lishlariga ishonchingiz komil? Ayniqsa kuchli sun’iy intellekt yo‘lida?
— OpenAI shularni hisobga olgan holda tashkil etilgan. Ular, albatta, sof tijorat tashkiloti emas, garchi texnologiyani rivojlantirish uchun murakkab yechimlarni yaratishga resurslar mavjudligini ta’minlashga intilishsa ham.
Vaqt o‘tishi bilan apparat va algoritmlarni o‘qitish narxi o‘nlab milliard dollarlarni tashkil qiladi. Ammo o‘rta muddatli istiqboldagi muammo ishlash masalasidir. Yangi texnologiya bilan samaradorlik oshadi va bu mehnat bozoriga ta’sir qiladi.
Hali uzoq yo‘l bo‘lgan ko‘p muddatli murakkablik ko‘pchilikni tashvishga solmoqda: nazorat qilish masalasi. Agar texnologiyani boshqaradigan odamlar uni noto‘g‘ri yo‘nalishga olib borishsa nima bo‘ladi? Va agar odamlar uni nazorat qilishni butunlay yo‘qotsa, bu nimani anglatadi? Menimcha, muhokama uchun juda mos mavzu.
Va, albatta, sun’iy intelekt uzoq vaqt davomida muhokama qilinadi. Bu 2023-yilning eng qaynoq mavzusi bo‘ladi. Algoritm mehnat bozoriga o‘zgarishlar olib keladi va shuning uchun biz o‘zimizga savol beramiz: chegaralar qayerda?
Masalan, texnologiya hali ham ilmiy ishlanmalardan juda uzoqda. Ammo hozir ko‘rayotganimizni hisobga olsak, bularning barchasi yaqin 5-10 yil ichida mumkin bo‘ladi.
По любому
Ko’ramiz ko’ramiz, Xudo biladi nima bo’lishini
Bill Geyts har doim turi narsalani gapiradi.
Open Ai da iwlawni bowliman, uzbek4a SI 4iqazaman
yaxwiiii
Bill Gates
Yaxwi fikrla bildiribti
Kim bu o’zi?
Mircosoft asos4isiku bu, bilmismi? Marsdanmisiz?
keremas!!!