Tabiiy ne’matlar qanday foydali xususiyatlarga ega?

Tabiiy ne’matlar qanday foydali xususiyatlarga ega?

Foydali maslahatlar doimo foydali bo’lib kelgan. Shu maqsadda quyida keltirilgan tabiiy ne’matlar qanday foydali xususiyatlarga ega ekanligini ko’rib chiqamiz.

Kardamon: (kardamon – zanjabilgullilar oilasiga mansub o’tsimon o’simlik va uning dorivor sifatida ishlatiladigan urug’i). Ko’ngil aynishi, yurak xastaliklari, ko’rish qobiliyatining sustligi, yo’tal, kuchli tashnalik, nafas olish yo’llari shamollashi va ovqat hazm qilish tizimiga foydali.

Kashnich: Bosh og’rig’i, teri kasalliklari, eshakem, qontalashish, xotira sustligi, ich ketishi va kuchli isitmada foyda beradi.

Qalampirmunchoq: Bosh og’rig’ida naf qiladi. Moyi, shuningdek ishialgiya, bo’g’imlar og’rishi, tish kariesi va og’rig’ida juda foydali. Yo’tal, ich ketishi, sanchiq, kislotaning oshib ketishi va kuchli isitmada ham yordami beqiyosdir.

Arpabodiyon urug’i: (anis) hazm qilish faoliyatining buzilishi me’da va ichaklarda ovqatning singmasligi, oshqozonning sanchib og’rishi, kuchli ich ketish va ko’krak sutining yo’qolib ketishida naf qiladi.

Sarimsoq: Bo’g’im kasalliklari, ishialgiya, shol, ko’rish qobiliyatining sustligi, kuchli og’riq, yo’tal hamda me’da va ichaklarda ovqatning singmasligida yordam beradi.

Yangi zanjabil (imbir): Ishtaha yo’qligi, taomning yaxshi hazm bo’lmasligi, me’da va ichaklarda ovqatning singmasligi, bo’g’im, bel og’rig’i, yo’tal va shamollash, tuqqandan keyingi muammolarda foydali hisoblanadi.

Muskat yong’og’i: Yaxshi uxlolmaslik, ich ketishi, kuchli sanchiqda foydalidir. Yomon uxlaydigan bolalarga muvofiq keladi.

Murch: Leykodermiya, ko’z kasalliklari, tish va tomoq og’rig’i, qorin damlashi, sanchiq, shishlar, shamollash, kuchli isitma va yuqumli kasalliklarda asqotadi.

Chuchuk garmdori: Asab tizimi kuchsizlanganida, yomon ishtaha, damlash, sanchiq, jigar va o’t faoliyati buzilishi, yo’tal, shamollash, astma, yurak hastaliklari, isitmaning keskin ko’tarilib ketishi, erta qarishda naf qiladi.

Dolchin: Yo’tal, shamollash, astma, xiqichoq, ko’ngil aynishi, diareya, og’iz bo’shlig’i kasalliklarini daf etishda kor qiladi.

Xantal: Shamollash, bel va bo’g’imlar og’rig’i, zotiljam, sanchiq, teri kasalliklari, leykodermiya, hazm qilishning buzilishida foyda beradi.

Agarda sizda ham foydali maslahatlar bo’lsa, biz bilan o’rtoqlashing! 

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social