Endi har qanday guruh foydalanuvchisiga ma’lum imtiyozli administrator huquqlarini berilishi mumkin. Ular orasida – foydalanuvchilarni qo’shish va ularni blok qilish, xabarlarni boshqarish, guruh to’g’risida axborotni tahrir qilish va yangi administrator tayinlashlar kiradi.
Telegram da qisman superguruh a’zosini taqiqlash mumkin. Masalan, faqat xabarlarni o’qish, yoki bir muddatga stiker yoki fayllarni jo’natishni man etish mumkin.
Administrator sahifada “So’nggi kirish” bo’limi paydo bo’ldi. U rahbarlardan kim va qachon o’zgarishlarni kiritganini ko’rsatadi. Bo’lim so’nggi 48 soat ichida xizmat jurnalini ko’rsatadi va faqat administratrlar uchun ko’rinadi. U yerda ham o’chirilgan xabarlar va tahrir qilingan original xabarlarni ko’rish mumkin.