“Dunyodagi eng engil noutbuk”

“Dunyodagi eng engil noutbuk”

Tayvanning Gigabyte kompaniyasi “dunyodagi eng engil noutbuk” nomiga davogarlik qilishi mumkin bo`lgan X11 noutbukini taqdim etdi.

Rasmiy press-relizining xabar berishicha, noutbukning vazni 975 grammga teng ekan. Bunga esa korpus maxsus matreriali evaziga erishilgan. Material esa noutbuk qismlarini engil va o`z navbatida juda mustaxkam qiladigan  toza karbon – uglerod tolasidan ishlangan. Korpus konstruktsiyasida alyuminiy ishlatilgan, undan asosan noutbukning ikkita asosiy qismlarini bir – birlariga birlashtirishga, oshiq – moshiq uchun foydalanilgan.

X11 dunyodagi eng engil noutbuk nomiga davogar bo`lishi mumkin. O`ning qalinligi eng tor joyda 16,5 milimetrdan iborat, boshqa raqibidan Apple ning MacBook Air sal kamroq. X11 ekran diagonali 11,6 santimetr.

“Eng engil noutbuk” ning yuragi Intel yangi avlodli – Ivy Bridge protsessori bo`lgan. Noutbukning boshqa xarakteristikalari: to`rt gigabaytli operativ xotira, yuqori sifatli video ushlaydigan grafik protsessori, flesh-xotira 128 Gb, Wi-Fi moduli va portlar komplekti, hamda 1,3-megapikselli veb-kameraga xam joy topilgan. Klaviatura va trekpad qoplamasi rezinadan qilingan.

Aytib o`tish lozimki, yangi gadjetning reklamasi  iborasi “6 element” deb nom olgan.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Номаълум

    mana endi eng engil noutbook chikdi,keyin sekin sekin shu noutbookni 3D qilishadi!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social