Tesla avtopiloti politsiyadan qochishga urindi

Tesla avtopiloti politsiyadan qochishga urindi

Kanadaning Alberta provinsiyasida avtopilotda harakatlangan Tesla elektromobili politsiya ta’qibidan yashirinishga urindi. Bu haqda provinsiyaning yo‘l politsiyasi ma’lum qilgan.

Politsiyaga shosse bo‘yicha katta tezlikda harakatlangan va ruli ortida hech kim yo‘qdek ko‘ringan avtomobil ustidan shikoyat tushgan. Haydovchi va yo‘lovchi bu vaqtda ortga tashlangan o‘rndiqlarda uxlayotgan bo‘lgan.

Patrullar Tesla Model S modelidagi ushbu mashinani tezda aniqlab, uni to‘xtatishga harakat qilishgan. Biroq shunda avtomobil tezligini 140 km/soatdan 150 km/soatgacha oshirgan, vaholanki yo‘lda tezlik 110 km/soat bilan chegaralangan bo‘lgan.

Keyinroq avtomobil to‘xtatilgan, uning 20 yoshli haydovchisiga esa avtomobilni xavfli boshqarish ayblovi bildirilib, sudda javob berishi belgilangan.

Alberta politsiyasi rahbari Geri Grem ushbu voqeaga izoh berib, avtopilot qo‘shimcha xavfsizlik tizimi hisoblanishini va haydovchi nazoratisiz qoldirilmasligi kerakligini eslatib qo‘ygan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social