“Tesla” kompaniyasining “Tesla Model S” seriyasidagi avtomobillari avtopilot bilan jihozlanadi va bu jarayon yangi mahsus dastur yordamida bajariladi. Shuningdek, haydovchilar elektroquvvat sarflanishi haqida batafsil ma`lumot olishadi.
Ishlab chiqaruvchilarning aytishlaricha, innovatsion avtopilot “texnika bo`yicha birinchi turar joydan boshqa turar joyga boshqarish imkoniyatini beradi”. Bundan tashqari, “avtomobilni olib berish” funktsiyasi ham mavjud va Tesla turar joydan mustaqil ravishda chiqib ketadi.
“Aqlli” Tesla S haydovchiga qo`l va oyoqlarini ishlatmagan holda katta yo`l bo`ylab harakatlanish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari, avtomobilni smartfon orqali garajdan chiqishini boshqarish mumkin. Biroq ushbu funktsiyalarni faqatgina shahsiy uylarda ishlatishga ruhsat beriladi, jamoat mashina turar joylarida emas.
Eslatib o`tamiz, elektromobil 85 kilovattli litiy-ionn akkumulyatorda ishlaydi va uning zaryadi 400 kilometrga etishi mumkin.
Manba: Econet