Tilimizni nima boshqaradi?

Tilimizni nima boshqaradi?

Insonning organizmida yurakning o`rni juda muhimdir. Agar vrachlar inson tanasidagi ayrim organlarni olib tashlasa ham ma`lum vaqtgacha inson yashay oladi. Lekin yuraksiz yashash mumkin emas. Shuning uchun ham yurak insonga eng kerakli organ hisoblanadi.

Yana shuni yaxshi anglab olishimiz kerakki insonning tilini yurak boshqaradi ekan. Til bor-yo`g`i insonning yuragidagi bor bo`lgan yaxshi va yomon narsalarni gap bilan ifodalab beradi. Biz gapiradigan gaplar oldindan yuragimizda va ongimizda paydo bo`ladi va til orqali tashqariga chiqadi. Shuning uchun ham til muammosi yurak muammosi bilan chambarchas bog`liqdir. Aslida yurakning kattaligi har bir insoning o`z mushtidek bo`ladi. Lekin shunday kichikligiga qaramay, juda ko`p yaxshi va yomon fikrlarni o`ziga sig`dira oladi.

Bir donishmand shunday degan ekan: “Yaxshi odam o`zining yaxshi qalb xazinasidan yaxshilik chiqarur. Yomon odam o`zining yomon qalb xazinasidan yomonlik chiqarur. Odamning dili nimaga to`lib-toshsa, tili o`shani gapirur”. Shoh Sulaymon ham xuddi shunga o`xshash gapni gapirgan: “Bor kuching bilan qalbingni asra, chunki u hayot bulog`idir”.

Bizning boshqalar bilan bo`ladigan munosabatimizda tilimiz va yuragimizning o`rni juda kattadir. O`ylab ko`ring, balki yaqin orada kimnidir xafa qilgandirsiz. Bir boshidan eslashga urinib ko`ring. Asosan birov bilan borib gaplashishdan avval inson bir oz oldindan tayyorlanadi. Demak, bu degani o`z yuragidagi bor bo`lgan so`zlarini otishga tayyorladi deganidir.

Masalani hal qilish payti esa oldindan tayyorlangan gaplar til orqali do`stimizga, o`z yaqinimiz, yoki hamkasibimizga qarata otiladi. Bu gaplar ularni qattiq yaralashi ham mumkin. Shuning uchun ham yuragimizdan chiqayotgan yomon so`zlarni o`qqa o`xshatishimiz o`xshatsa xam bo`ladi. Hurmatli do`stlar, yuragimizda yashirinib yotgan nafrat, hasad, g`azab o`rnini, sevgi-muhabbatga almashtirishga harakat qilaylik. Chunki bu  – birinchi galda o`zimiz uchun foyda!

Kommentlar: 10 komment. 10 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. блэйд

    хозирги кунда кимдир уз айбини тан олиши жуда кийин, аксинча узини хак деб туриб олишади, гуёки бошкалар гирт ахмогу, битта узи тузу дей

  2. pretty_girl

    fikrizga ko’shilaman bleyd ayniqsa hozirgi kunda shunaqa vaziyatlani ko’p guvohi bo’vomman

  3. Номаълум

    буни манимча киракашла жуда яхши билишади, йулда юрганда деярли хар куни хар соатда буни гувохи булишади, машиналани бир бирига йул бермаслиги, ишкилиб шунга ухшаш нарсалар

  4. uzbekman

    rasm juda daxshatu

  5. tilimizni xech nima boshqarmidi, chunki tilimiz hayotimizni boshqaryapti!

  6. Umid men o’ylayman yuragimiz tilimizni boshqaradi, tilimiz esa hayotimizni boshqaryapdi.

  7. Kamila haqsiz. Insonning asli uning ichida bo’ladi. Insonning ichi va niyati nima bo’lsa o’shni tili bilan ishor qiladi. Hammasi yurakni va ongni to’g’irlash kerak.

  8. инсонлани хаммаси бир эмас, яъни улани феъл атвори ранг баранг, агар бир хил инсонлани хаётини улани тили бошкарса, хаётда кам гапирадиганлар хам бор, унда улани хаётини нима бошкараркан?

  9. muallif-a ulani hayotini yuragi boshqaradi, yana bazi birlarini esa hissotlari, bu asosan qiz bollada kup uchraydi

  10. Номаълум

    voy boy aqllilar yig’ilishi? hamma chiroyli fikrlarini izxor eta oladi, lekin juda kam kishilar buni amalda qilishadi, tak chto delay delo, a ne varchi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social