Kyodo agentligi xabar berishicha, Tokioda tantanali ravishda dunyodagi eng baland Tokiyo Sky Tree (Tokio samoviy daraxti) nomli teleminora ishga tushdi. Teleminoraga tashrif buyurgan birinchi 8 mingta kzatuvchilar allakachon 350 va 450 metrlik balandlikda Tokio panaramasini ko`rishga bahramand bo`lishgan. Minora balandligi jihatdan dunyodagi eng baland binolar qatoridan ikkinchi o`rinni egalladi, dunyodagi eng baland bino bu Birlashgan Arab Amirliklaridagi Burdj Xalifa bo`lib hisoblanadi.
The Mainichi nashri xabar berishicha, teleminora davlat byudjetiga yiliga 170 mlrd ien keltirar ekan. Toshixiro Nagaxamaning nashriyotga bergan xabariga ko`ra, teleminora “mashhurligi bo`yicha Tokioda Disneylendan keyingi ikkinchi diqqatga sazavor joylardan biri bo`lishi mumkin”.
634 – metrlik noyob teleminoraning qurilishi 2008 yilda boshlangan. Teleminora va unga tutash sovda va ko`ngil ochar kompleksi qo`rulishi uchun 800 mln AQSh dollari sarflangan. O`zining maxsus konstruktsiyasi tufayli, teleminora Rixter shkalasi bo`yicha 7 balli el silkinishiga dosh beraoladi. Bino er silkinishidan qo`lamasligi uchun, bino xarakatini sekinlashtirishga yordam beruvchi beton o`zak va temir ramalari mavjud. Savdo va ko`ngil ochar kompleksida 300 ga yaqin magazinlar, restoranlar, akvarium, planetariy va teatrlar aholi va turistlarga xizmat qiladi. Dunyodagi eng balan teleminorani tamosha qilish uchun tashrif buyuruvchilarni ogohlantirib qo`yishyaptiki, kompleks territoriyasida mashinalar to`xtash joylari yo`q, shu sabab Tokyo Sky Tree tamosha qilish uchun jamoat transportlarida kelishlarini tavsiya qilishmoqda.
Tokyo Sky Tree teleminorasi ochilish marosimi yaponiyaliklar orasida va turistlar orasida juda katta shov shuvga sabab bo`lganki, hatto biletlarni oldindan buyurtma qilish kerak bo`lgan. Ochilish marosimiga tashrif buyuruvchilar soni, unga ajratilgan chiptalar sonidan oshib ketganligi sabab, hatto bir qism chiptalar lotoreyalar o`tkazilishi orqali egalari aniqlangan.
Tokyo Sky Tree oldin xitoyning Guanchjou shahrida teleminora dunyodagi eng baland hisoblangan, uning balandligi 610 metr bo`lgan.
ух ты
endi kutamiz kim bundan xam katta quradi minorani )))