Ba’zi maktablarda odatiy fanlardan tashqari, o’quv dasturiga noodatiy darslar ham kiritiladi va bu ajablanarli emas.
Yaponiya: Tabiatni kuzatish
Yaponiyaning ba’zi maktablarida juda qiziq bir mavzu bor – “Tabiatni kuzatish”. Uning maqsadi maktab o’quvchilariga jahon bo’ylab kompyuterlashuvi tufayli zamonaviy bolalar e’tiborini jalb qilmaydigan atrof-muhitning go’zalligini qadrlashga o’rgatishdir. Sinflar davomida bolalar o’simliklar va hayvonot dunyosining rivojlanishi va o’zaro bog’liqligini o’rganadi. Ushbu kuzatuvlar uchun o’qituvchilar ularga baho berishadi va yil oxirida imtihon topshirishadi.
Germaniya: Baxt darslari
Hozirgi kungacha g’ayrioddiy mavzu Germaniyada barcha maktablarda mavjud emas, biroq Heidelberg shahrida joylashgan ta’lim muassasalaridan birida baxt-saodat darsini direktorning o’zi beradi. O’quvchilarning asosiy vazifasi o’z-o’ziga mos keladigan yashashni o’rganish, yuragini tinglash va faqat baxtli bo’lishdir. Bu borada imtihonlar yo’q, lekin har bir o’quvchi yil oxirigacha o’z loyihasini, “yaxshi” videoni olish yoki xayriya tashkil etishni amalga oshirishi kerak.
Isroil: Kiberxavfsizlik nazariyasi va amaliyoti
Isroilda ba’zi maktablarda “Kiberxavfsizlik” o’zgacha bir mavzu bo’lib kiritilgan. O’quvchilar sinfda va nazariyada ijtimoiy tarmoqlarga qanday munosabatda bo’lish va sharhlarga qanday javob berishlar o’rgatiladi. Bundan tashqari, ko’pgina darslar kompyuter o’yinlariga bog’liqlik va u bilan qanday qurashishga bag’ishlangan.
Bashkiriya: Asalarichilik
Bashkiriyada o’z asalarilariga ega bo’lgan yuzdan oshiq maktab bor. Asalarichilik bo’yicha darslarda bolalar hasharotlarga g’amxo’rlik qilish, asalni to’plash va boshqa narsalarni o’rganishadi. Bashkiriya Respublikasi asal ishlab chiqarish bo’yicha dunyodagi eng yaxshilaridan biri deb hisoblanadi. Va bu faxriy unvonni yo’qotmaslik maqsadida, ba’zi ta’lim muassasalarida bunday g’ayrioddiy mavzu joriy etilgan.
Avstraliya: Syorfing darslari
Yashil qit’aning aholisi sayyoradagi eng yaxshi syorfchilar deb ataladi. Va eng yaxshi to’lqinni bosib olgan kishilar unvonini saqlab qolish uchun Avstraliyadagi barcha maktablarda syorfing darslarni kiritilgan. Mamlakat hukumati plyajda mahalliylardan ko’ra yaxshiroq syorfing qilgan sayyoh ko’rinmasligini ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solgan.
Armaniston: Xalq raqslari
Armaniston hukumati yosh avlodni o’z go’zal mamlakati an’analarini unutmaslik uchun hamma narsani qilmoqda. Shu sababli barcha maktablarda maxsus kurs, xalq raqslari joriy etilgan. Maktab o’quvchilarga darslari nafaqat xoreografiya, balki raqs tarixi to’g’risida ham so’zlab beradi. O’quvchilarning ushbu mavzu bo’yicha “qochish” imkoniyat yo’q, chunki o’quv yili oxirida bolalar imtihon topshirishadi. Ushbu fandan yaxshi baho ololmagan o’quvchi, sinfdan qoldirilishi mumkin.
AQSh: Ilmiy kashfiyotlar
Barcha Amerika maktablarida “Ilmiy ixtiro” deb nomlanadigan g’aroyib bir mavzu joriy etilgan. Uning maqsadi yosh olimlarning salohiyatini ochib berishdir. Nazariy kursdan so’ng, barcha talabalarga bir vazifa ya’ni yangi narsalarni kashf etish topshiriladi. Buning uchun o’quvchilarga bir yil beriladi. Kurs tugagandan so’ng, talabalar ixtirolarini butun sinfga taqdim etadilar, loyihaning dolzarbligini muhokama qiladilar va baholanadilar.
Rossiya: Moliyaviy savodxonlik darslari
Ba’zi rus maktablarida juda qiziq bir mavzu kiritishdi – “Moliyaviy savodxonlik”. Sinf xonasida bolalar pulni qanday qilib to’g’ri boshqarishni, oilaviy byudjetni rejalashtirishni o’rganishadi. Kurslar, shuningdek, moliyaviy firibgarlikning qurboni bo’lishmaslik haqida ko’p narsalarni bayon qilinadi. Kurs materiallari Rossiya Federatsiyasi Moliya vazirligi va Jahon bankining «Aholini moliyaviy savodxonligini oshirish va Rossiya Federatsiyasida moliyaviy ta’limni rivojlantirishga ko’maklashish» loyihasi doirasida ishlab chiqilgan. Bunday dars faqat maxsus tanlab olingan bo’lsa-da, yaqinda bunday mavzu majburiy bo’lishi mumkin.
Bizning maktablarni gapirmasa bo’ladi