Texasning (AQSh) Korpus-Kristi shaxrida istiqomat qiluvchi Mark Jordan kun davomida turnikga tortilib dunyo rekordini o`rnatdi va u Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan.
54 yoshli Jordan kun davomida 4321 marotaba turnikka tortildi. Oldingi rekord o`tgan yilda o`rnatilgan bo`lib, 4210 marotabani tashkil qilgan.
“Men sog`liq ustida ishlash hech qachon kech emasligini barchaga ko`rsatishni xohlagan edim” – deb aytib o`tdi Mark Jordan. Uning ta`kidlashicha, ushbu natijaga erishish uchun bir yil tayyorgarlik ko`rgan.
O`tgan yilning yozida ushbu rekordni 27 yoshli Vashington shahrida yashovchi talabgor oshib o`tmoqchi bo`lgan. Biroq u faqat 3400 marotaba tortilishga muvaffaq bo`lgan.
Manba: Rambler.ru