Ma`lumotlarga qaraganda, “Twitter” yangi funktsiya ustida ish olib bormoqda. Yangi funktsiya foydalanuvchilarga 10 000 gacha belgi xabar qoldirishlari mumkin. Bu esa hozirgi limit 140 belgidan ko`ra 70 baravar ko`proqdir.
Hozirgi vaqtda aynan shunday limit ya`ni 10 000 belgi Twitter foydalanuvchilari o`z-o`ziga jo`natishi mumkin bo`lgan shaxsiy “Direct Messages” xabarlar uchun ishlatilmoqda.
Shu bilan Twitter hozirgi lentani yangilanishda barcha uzun xabarlar ko`rinishini birday saqlash niyatida. Kompaniya rahbariyatining maqsadi faol foydalanuvchilarning sonini o`sishidir. Ammo keng xabarlarni qoldirish imkoniyati bunga olib keladimi yoki yo`q bu aniq emas.
Hozirda foydalanuvchilar Twitter da o`z fikrlarini sig`dira olmasalar, tekst rasmlarni joylashtirmoqdalar, ammo bu ba`zida noqulaylik tug`diradi. Agarda tekstlar bo`lsa, u orqali qidiruv qilish mumkin, tekstni butunlay o`qisa bo`lar edi. Bu juda qulay bo`lishi mumkin.
Manba: hitech.vesti.ru