Uber va NASA uchadigan taksi yaratishadi

Uber va NASA uchadigan taksi yaratishadi

NASA Uberga uchish kabinalarini yaratishga yordam beradi. Ular birgalikda shaharlarda uchadigan taksilarni ishlab chiqish va tovarlarni yetkazib berish ustida ishlaydi.

NASA o’z bayonotida insoniyatning smartfonlar almashinuvi bilan ushbu texnologiyaning paydo bo’lishining kelajakdagi ta’sirini taqqosladi. Bundan tashqari, NASA shahar atrofidagi havo harakatida insonlarning yurishi va yuklarining tashilishi inqilobiy natijaga olib kelishini va’da qildi.

Uber birinchi marta o’tgan yilning noyabrida uchar taksini namoyish qilgan edi. Mazkur avtomashinalar 600 metrgacha ko’tarilib, mijozlarni 5-10 daqiqada yetkazishi kerak. 2020-yilga kelib, test sinovlari Los-Anjelesda boshlanadi va 2023-yilga kelib kompaniya birinchi mijozlarni tashishni boshlaydi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social