Gollandiyalik rassom Amsterdan Universitetining organik kimyo fakul`teti o`quvchilari yordamida “Cola” ni suvga aylantiradigan moslamani o`ylab topdi. Noyob tajribaning maqsadi jamiyat diqqatini ichimlik suv kamligiga qaratish va muhim sanalgan narsalarni to`g`ri taqsimlashga qaratilgan.
Hozirgi kunda, dunyoning har chekkasida chanqoqni bosish uchun osongina Kolani sotib olish mumkin. Aslida, oddiy ichimlik suv sotiladigan joyni topishdan ko`ra, Kola sotadigan joyni topish osondir!
Gollandiyalik rassom Xel`mut Smits, Kolaning azaliy raqibidir, u bir necha marotaba ko`plab Kola ichadigan madaniyatni, hattoki asosiy inson muhtojliklarni chetga surib qo`yishi mumkinligi haqida aytib o`tgan edi. Bu narsalar u uchun juda noto`g`ri ko`rinadi, chunki bir litr Kola ishlab chiqarish uchun to`qqiz litr suv ketadi. Shu sababdan Smits Kolani suvga aylantiradigan moslamani o`ylab topdi.
Albatta ushbu texnologiya keng sanoat masshtablarda ishlatilmaydi, ammo bu eng oson va ijodiy yo`l global muammo haqida gapni boshlash uchundir.