“Uyali pul”

Xalq banki “Uyali pul” tizimini joriy qilishda davom etmoqda.

Xalq banki UZPAYNET kompaniyasi bilan birgalikda masofaviy (distantsion) bank xizmat ko`rsatish tizimini tashkil etdi. Bu esa sifatli yangi xizmat ko`rsatish darajasini bildiradi, hamda ananaviy to`lash usullaridan ketishni bildiradi.

Mijozlarga dasturiy ta`minot taqdim etilgan. Ushbu dasturiy vosita orqali foydalanuvchi uydan chiqmasdan shaxsiy rekvizitlar uchun to`lov kirtishiga mumkinchiligiga ega bo`ladi, kommunal xizmatlarni, internet-xizmatlarini, uyali aloqa va shaxar telefonlarni, shaxarlararo aloqa xizmatlari uchun ham to`lanmalarni amalga oshira oladi. Mijoz internet tarmog`iga ulangan istalgan kompyuter orqali bu xizmatdan foydalana oladi, buning uchun mijoz faqat o`zining parolini kirtib, keyinchalik o`zining hisobidan foydalanishi mumkin bo`ladi.

“Uyali pul” (http://www.uyalipul.uz) – bankning mijozlariga kafolatli qulay va ishonchli, butunfunktsiyanal elektron xizmati echimidir. O`z-o`ziga xizmat do`koncha va uyali telefonlar orqali ham amalga oshirilishi mumkin.

Mijozlarning “Uyali pul” tizimiga ulanishi Xalq bankining filiallarida bosqichma bosqich tarzda amalga oshiriladi.

O`zbekiston Respublikasining Xalq banki – bu eng katta va eng keng tarqalgan, aholining juda keng qatlamlariga xizmat ko`rsatadigan va respublika xududida kredit idoralarini, tashkilot va korxonalga xizmat ko`rsatib kelayotgan, davlat universal bankidir.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social