Venetsiya kanallari suvsiz qoldi

Venetsiya kanallari suvsiz qoldi

Venetsiya – Italiyadagi shahri bo’lib, shahar uchun suv muhum ahamiyat kasb etadi. Bir necha kun oldin sodir bo’lgan to’satdan suv pasayishi ko’pchilik uchun yoqimsiz bo’lib qoldi, chunki qurigan kanallarda qayiqlarni minib ketolmaysiz. Faqatgina yagona plyus tarafi, siz o’z qo’zlaringiz bilan bu noyob ko’rinishni ko’rishingiz mumkin.

09Venetsiya markazidan olingan eng yangi suratlarni ko’rishingiz mumkin (suratlar 2018-yil 31-yanvar va 1-fevralda olingan).

Ko’pgina omillar, sovuq ob-havo sharoiti, yomg’irning yo’qligi va so’nggi super ko’k oy kabi omillar suv sathining pasayishiga olib keldi (31-yanvar, 2018-yil).

06Ushbu haftada olingan fotosuratlar Venetsiyani yaxshi tarafini ko’rsatmaydi. Loyga o’ralgan qayiqlar juda yoqimsiz ko’rinishga ega.

Ba’zi joylarda suv sathi deyarli 60 smga tushib ketgan va  Venetsiyada ketma-ket uch yil Venesiyada qurg’oqchilik kuzatilmoqda. Aytgancha, 1934 yilda 121 sm gacha bo’lgan rekord past darajadagi suv tushishi qayd etilgan edi.

04Kanallarning qurishi nafaqat yo’lning qulashiga, balki qayiqlar va suvli taksi haydovchilarining vaqtinchalik ishdan mahrum bo’lishiga olib keldi, shuningdek, jiddiy muammolarga ham sabab bo’ldi.

Bunday kam suv miqdori qadimgi binolar negizida joylashgan g’ishtli ishlarning qulashiga ham sabab bo’lishi mumkin.

03Bundan tashqari, hozirda butun dunyo bo’ylab taniqli bo’lgan Venetsiya karnavali bo’lib o’tmoqda (27-yanvardan 13-fevralgacha 2018-yil), bu sayohatchilarning katta miqdordagi oqimiga sabab bo’ladi va endilikda ular shaharni boshqa ko’rinishoni kuzatishlari mumkin.

Siz hozir Venetsiyada bo’lishni va g’ayritabiiy hodisani ko’rishni xohlarmidingiz? Siz ilgari u yerda bo’lganmisiz?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social