Video o’yinlarga qaramlik, kasallik deb topildi

Video o’yinlarga qaramlik, kasallik deb topildi

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti, video o’yinlarga qaramlikni alohida ruhiy kasallik deb tan oldi. Bu Xastalik va unga aloqador sog’liq muammolari bo’yicha xalqaro statistik tasnifining 11-nashriga kiritildi (XKT-11).

Katalogdan kelib chiqqan holda, o’yinlarga berilish uch asosiy xususiyatga ko’ra tasniflanadi. Tashxis qo’yishning birinchi mezonida video o’yin boshqa manfaatlar va kundalik insoniy faoliyatlardan ustuvor bo’lgan taqdirdagina amalga oshiriladi. Ikkinchi mezon esa, “bu xatti-harakatni nazorat qilishni buzish”dir.

Uchinchi mezon – shaxsiy, oilaviy, ijtimoiy, ta’lim va boshqa faoliyat sohalarida buzilishdir. Bezovtaliklar turli shakllarda namoyon bo’lishi mumkin: uyqusizlik, ovqatlanish muammolari va jismoniy faoliyatning yetishmasligi va bular kamida 12 oy davomida kuzatilishi kerak. Agar inson o’yinlarga bir necha kun berilsa, kasallik tashxisi qo’yilmas ekan.

Shunga qaramay, ba’zi psixologlar video o’yinlarni XKT-11 ga qo’shilishga loyiq deb hisoblamaydilar. Texasdagi “The Telos Project” notijorat psixiatriya klinikasining direktori Entoni Bina tajribasiga ko’ra, ko’pchilik insonlar video o’yinlarni “ko’proq tashvish va ruhiy tushkunliklarni bartaraf etish mexanizm” sifatida foydalanishadi. Agar siz bu kasalliklarni xal qilsangiz, “video o’yinlarga bo’lgan qaramlik sezilarli darajada kamayadi” deb ta’kidlab o’tdi.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social