Tanishing, doimo kulib turuvchi Afrikalik tipratikon – Waldo. Uning xo’jayini Niki Braun tipratikonni birinchi marta olib kelganida, u qayg’uli va ko’p narsadan qo’rqar edi. Bunday tashqari, tipratikon e’tibordan va silashdan ham qo’rqar edi. Ammo keyinchalik u asta-sekinlik bilan muloyim bo’ldi va yangi egasiga ajoyib hamroh bo’ldi.
“U shunday baxtli va do’stona … Doim mening atrofimda yuradi, hatto o’zining ismiga javob beradi. Waldo ayniqsa ovqatni ko’rganda tabbasum qiladi. Men hech kimda taom og’ushidagi bunday baxtli yuzni ko’rmagan edim” – deb tipratikon egasi aytib o’tdi.
Tipratikonlar odatda juda g’alati bo’ladi, chunki ular juda tortinchoq va bir oz qo’rqoqroq bo’lishadi. Lekin, bu narsalar Waldoga tegishli emas.