World Travel Awards xalqaro sayyohlik kompaniyasi sayyohlar uchun dunyoning eng yaxshi davlatlarini yillar davomida aniqlamoqda. 2017-yilda Portugaliya tarixda birinchi marta sayyoramizda eng yaxshi sayyohlik punktiga aylandi.
Eng yaxshi sayyohlik joylari nomi uchun Braziliya, Gretsiya, Yangi Zelandiya, Ispaniya, Marokash va Vetnam bilan kurashdi. Ba’zi mamlakatlar ushbu mukofotni bir necha marta oldi: London (2009 va 2010), Hindiston (2011 va 2012) va Dubay (2013-2016).
Portugaliya ham boshqa toifadagi yutuqlarga erishdi: eng yaxshi port shahri (Lissabon), eng yaxshi orol (Madeira oroli), eng yaxshi sayyohlikni boshqarish (Sintra Park – Monte da Lua) va eng yaxshi dam olish maskani (Pine Cliffs).
Braziliya eng yaxshi kruiz porti, eng yaxshi shahar, eng madaniy shahar uchun mukofot oldi.
Jami 60 dan ortiq nominatsiyalar bo’yicha mukofotlar berildi. G’oliblar sayyohlik sohasidagi 200 ming nafar professional va keng jamoatchilik ishtirokida ovoz berish orqali saylanadi.
Boshqa toifadagi g’oliblar:
2017-yilgi eng yaxshi diqqatga sazovor joy: Machu Picchu, Peru.
2017-yilda eng yaxshi madaniyat mamlakati: Boliviya.
2017-yilgi eng yaxshi madaniy shahar: Sankt-Peterburg, Rossiya.
2017-yilgi eng yaxshi gastronomik yo’nalish: Peru.
2017-yilda plyajdagi dam olish uchun eng yaxshi joy: Galapagos orollari, Ekvador.
2017-yilgi eng yaxshi arzon aviakompaniya: AirAsia.
2017-yilgi eng yaxshi aviakompaniya: Singapur Airlines.
2017-yilgi eng yaxshi hashamatli dam olish: Emirates.
2017-yilgi eng yaxshi aeroport: Changi aeroporti, Singapur.
Portugaliyaga borishni orzu qilasizmi? Endi sizda ko’proq sabablar bo’ladi!