Los-Anjyelesda bo‘lib o‘tgan Xalqaro iste’mol elektronikasi ko‘rgazmasida (CES) Xitoyning Elephant Robotics kompaniyasi robot mushukni namoyish etdi. Bu haqda TechCrunch portali xabar berdi.
MarsCat deb nomlangan robot mushuk butunlay mustaqil bo‘lib, uni sozlash mumkin. U qo‘l tegizish va egasining ovoziga javob qaytaradi. U shuningdek, turli buyumlar bilan o‘ynay ham oladi.
Robot mushuk hozircha erkin savdoga chiqarilmagan, ammo unga kompaniya saytida 700 dollar evaziga buyurtma berish mumkin.
MarsCat robot mushugi Elephant Robotics kompaniyasining uyda foydalanish uchun mo‘ljallangan birinchi mahsuloti bo‘ldi. 2016 yilda tashkil etilgan kompaniya sanoat korxonalari uchun robotlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Wooow ajoyib maqola,❤️