Xitoyda birinchi xaydovchisiz tramvay chiqdi

Xitoyda birinchi xaydovchisiz tramvay chiqdi

Dunyodagi birinchi xaydovchisiz tramvay Xitoyda paydo bo’ldi. Mazkur tramvay soatiga 70 kilometrga tezlashishi, 380 yo’lovchini tashish imkoniyatiga ega. Shuningdek, ushbu transport xavfsizlik va samaradorlikni oshirish uchun mo’ljallangan.

Tramvayning uzunligi – 35,19 metr, kengligi – 2,65 metr, 380 yo’lovchini tashish imkoniyatiga ega va soatiga 70 kilometrgacha tezlashtirish mumkin. CRRC Qingdao Sifang muhandisi Li Yanyi so’zlariga ko’ra, bu birinchi misol bo’lib, tramvayga “Aqlli miya” avtomatik nazorat qilish tizimi o’rnatilgan.

150166370

Bu “miya” tufayli tramvay o’zi harakatni boshlashi mumkin, uni davom ettirish yoki to’xtatish mumkin. Mazkur texnologiya xavfsizlik va samaradorlikni oshirishi lozim.

Xaydovchisiz transport vositalari mashhurlik qozonmoqda. Yevropada allaqachon xaydovchisiz avtobuslar mavjud. Singapur esa 2020-yilda xaydovchisiz avtobuslarni yo’lga qo’yishni rejalashtirgan.

Manba: Econet

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social