Xitoyda hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar e’tiborini tortish maqsadida itlar pandaga o‘xshatib bo‘yab qo‘yildi

Xitoyda hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar e’tiborini tortish maqsadida itlar pandaga o‘xshatib bo‘yab qo‘yildi

Xitoyning Chjetszyan provinsiyasidagi Taychjou shahrida joylashgan hayvonot bog‘ida tashrif buyuruvchilarni o‘ziga jalb qilish uchun ikki nafar chau-chau zotli itlarni pandaga o‘xshatib bo‘yab qo‘yishdi, deb yozmoqda “Pravila jizni” nashri.

“Pandasimon itlar” 1—5-may kunlari hayvonlarni saqlaydigan maxsus ochiq qafasda namoyish etildi. Hayvonot bog‘iga kirish va g‘aroyib kuchuklarni tomosha qilish uchun chiptalarga kattalar 20 yuan (35 ming so‘m), bolalar esa o‘n yuan (70 ming so‘m) to‘lashi kerak edi. Chiptada xitoy tilida “panda itlar” deb yozib qo‘yildi. Bunday marketing usuli haqiqiy pandalarni ko‘rmoqchi bo‘lgan mehmonlarda xato tushuncha uyg‘otishi mumkin edi.

Biroq hayvonot bog‘i ma’muriyati hech qanday aldov bo‘lmaganini, chiptalardagi so‘zlar tashrif buyuruvchi nimani ko‘rishini aniq tasvirlab berishini va buning ustiga kuchuklar uchun hech qanday ortiqcha to‘lov qilinmasligini ta’kidladi.

Hayvonot bog‘i xodimlarining tan olishicha, bunday usul bog‘ga ko‘proq insonlarni jalb etishga yordam berdi. Afsuski, hayvonot bog‘i pandalarni saqlash uchun mo‘ljallanmagan.

Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarning e’tiroziga sabab bo‘lgan ish — jonivorlarni pandadek bo‘yab qo‘yilganiga esa ular quyidagicha izoh berdi:

“Insonlar ham sochlarini bo‘yaydi-ku. Tabiiy bo‘yoqlarni kuchuklarga nisbatan ishlatish mumkin”.

Kommentlar: 16 komment. 16 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Ну что за дебилы… dash

  2. Тимур

    Итак все эти зоопарки и цирки зло, так еще такой херней страдают, бедные животные

  3. Тимур

    #freeanimals

  4. Xitoyliklarni o’zi kallasi yaxshi ishlamaydi

  5. Jamshid

    Bechora itlar

  6. Be4orala, nima qiliwadi wunaqa qilib hayvonlani qiynawni

  7. Zooparklarni uzi yopib tawlaw kere

  8. Bechora hayvonlar

  9. Qobiljon

    Jinni shu pskako’zla

  10. Pul uchun nimalar qilishmaydi hozir

  11. Jinnimi, bechora kuchuklar sad

  12. Debiloid!

  13. Bechoralar sad

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social