South China Morning Post xabariga ko’ra, Xitoyda ishlab chiqarilgan robot-stomatolog shifokorlar ishtirokisiz birinchi operatsiya o’tkazdi.
Robot 3D printerda chop etilgan ikkita sun’iy tishni bemorga o’rnatdi. Jarrohlikdan oldin, shifokorlar yo’nalishini va harakat burchagini va iloji boricha aniq joyiga yangi tishlar uchun zarur chuqurlik parametrlarini sozlashdi.
Bu robot barcha standartlarga javob beradigan 0.2-0.3 mm bo’lgan aniqlik bilan tishlarni o’rnatdi, deb qayd etildi.
Ekspertlarning fikriga ko’ra, Xitoy uchun bu rivojlanish juda muhim, chunki mamlakatda malakali tish shifokorlari yo’q. Tadqiqotlarga ko’ra, mamlakatda yiliga bir million tishlar o’rnatiladi, lekin operatsiyadan keyin ko’p bemorlar yana stomatologlarga murojat qilishga majburlar, chunki ko’p jarrohlar xato qilishar ekan.