Xitoylik ota-ona kirish imtihonlarini topshira olmagan o’g’lini uydan haydab yuborishdi

Xitoylik ota-ona kirish imtihonlarini topshira olmagan o’g’lini uydan haydab yuborishdi

Xitoyning Xunan provinsiyasiga qarashli Xuayxua shahrida yashovchi o‘smir yigit ota-onasi tomonidan uydan chiqarib yuborildi va moliyaviy ta’minotdan butunlay mahrum qilindi.

Bu holatga uning oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun mo‘ljallangan yagona davlat imtihoni — “Gaokao”dan past ball to‘plagani sabab bo‘lgan. Yigit imtihondan 750 balldan 575 ball to‘plagan. Ota-onasi esa bu ko‘rsatkichni yuqori reytingli universitetga kirish uchun yetarli emas, deb hisoblagan.

Syaokay ismli o‘smir ushbu voqeaga qadar ota-onasi bilan birga yashab kelgan. Biroq bir kuni uning oila a’zolari uyning kirish eshigidagi kodni o‘zgartirib, Syaokayni ichkariga kiritmay qo‘ygan. Yigitning ta’kidlashicha, oilasi uni xatolarini tushunishga majbur qilish maqsadida bunday keskin choraga qo‘l urgan.

Syaokay ko‘chada qolganidan so‘ng onasiga qo‘ng‘iroq qilgan. Ammo suhbatda ayol xizmat safarida ekanini ma’lum qilgan va yangi parolni bilmasligini aytgan: “Bizdan yordam kutma. Yuqori sinflarda sen o‘z vazifangni bajarish o‘rniga vaqtni bekorga sovurding. Darslarga jiddiy yondashmading, belgilangan tartib-intizomga amal qilmading. Axir hayotda hech bir jamiyat qoidalarsiz yashamaydi-ku, to‘g‘rimi?” degan onasi. Suhbat yakunida u o‘g‘liga: “Har kim o‘z hayotini alohida davom ettirsin”, deb qat’iy fikr bildirgan.

Yigit yuzaga kelgan holat bo‘yicha Hunan TV telekanaliga murojaat qilib, jamoatchilik e’tiborini tortdi. Teledastur efirida u ota-onasining bunday keskin choralaridan noroziligini bildirib:

“Men boshqalarning mehribon va tushunadigan ota-onasiga havas qilaman. Ammo mening ota-onam o‘ta qattiqqo‘l odamlar. Ular meni bo‘ysundirish uchun faqat ana shunday choralargagina tayanishadi”, dedi u.

Ota-onasining ta’kidlashicha, ularning noroziligi faqat imtihon natijalari bilan emas, balki o‘g‘lining mobil telefonga ortiqcha berilib ketgani bilan bog‘liq. Syaokay maktabning boshlang‘ich bosqichlarida namunali o‘quvchi bo‘lgan, biroq smartfon olganidan keyin darslarni ko‘p qoldirishga odatlanib qolgan. Ota esa o‘g‘liga shart qo‘ygan: u uyga qaytib, ota-onasining talablariga so‘zsiz bo‘ysunadi yoki mustaqil hayot boshlab, kunini ko‘raveradi.

Mazkur holat Xitoyda ta’limga va farzand tarbiyasiga nisbatan o‘ta qat’iy munosabat mavjudligini ko‘rsatadi.

Kommentlar: 26 komment. 26 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Jinnimi? nima qibti kiromagan bosa? Nimaga uydan haydash kere bechorani

  2. Ufff jaxlim chiqadi shunaqalani oqisam

  3. Ozini bolasi blnan shunaqa qisa boladimi

  4. Kirmagan bosa, kirmabti, hozirgi kunda institutni bitirish hech qanaqa plusla bermetti

  5. Eh… qanaqa davrda yashavommiza aa sad

  6. Debillar dash

  7. Idiotla!!!!!

  8. Ufff, bunaqalar faqat bizada bor dib oylardim

  9. Togri qilishibti, pul bomasa oilada, oqimaydigan bolani nima qilishadi

  10. Bechora bola!

  11. Kirmasa kirmabti, borib ishlasin, pul topishni organsin

  12. Ulugbek

    Yetishmasa qiyin de shularga

  13. Yusufbek

    Bizda ham shunday qilish kerak

  14. Idiotla dash

  15. Qodirjon

    Jinnilik dash dash dash

  16. Gulnora

    Ajoyib

  17. Nima deyishni bilmadim lekin bola tomondan qiyin ota ona tomondan qarasam ular shu yoʻl orqali bolani kuchli qilishadi yani bizga ishonma biz hozir bormiz ertaga yoq bizdan keyin ozing oilangni boqishning kerak deya hayotga topshirishadi shunda u yoki qasd qilib yoki chindan muvafaqqiyatga erishadi bu men uchun bu xolat Norm yani 50/50 bu degani bola oʻzi ishlab pul topib kunini koʻrishni oʻrganadi hayot qiyinchiliklarini sinovlarda toblanishni bu hayotda hech narsa abadiy emas zero yaxshi kunlar ortida yomon kun yomon kun ortida quyoshli kunlar chiqadi good muhimi u bola oʻz yoʻlini topib ketishiga tilakdoshman Alloh oʻzi toʻgʻri yoʻldan adashtirmasin ☝️

  18. Juda togri etas Gulim, eh sizzi yozularizi soginamandeee smile

  19. Assalomu Alaykum Azizam qalaysiz yaxshimisiz sogʻligiz yaxshimi nima gaplar olamda oʻzizda kiss

  20. Hammasi yaxshi, issuladan otvoldik, ishga chiqish torisida fikr qivomman, ozizdachi?

  21. Vay zoʻrku omad tilab qolaman unda menda shu uyda yuribman har doimgidek boshqa nima ham boʻlardi pardon

  22. Lekin siz uchun xursand boʻldim qayerga ishga kirmoqchisiz kiss

  23. A bilmasam hali, ishga kirish kere endi, oqish tugadikuu smile

  24. Ha yaxshi unda yaxshi ish nasib qilishini tilayman Azizam kiss

  25. Rahmat. Oziz ishla bilan charchamesmi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social