«PSJ» Messi transferini e’lon qildi

«PSJ» Messi transferini e’lon qildi

Lionel Messi «Pari Sen-Jyermen» a’zosiga aylandi. Tomonlar keyinroq uzaytirish sharti bilan ikki yillik shartnoma tuzdi. Messining yangi klubidagi maoshi oshkor qilinmagan, lekin OAV ma’lumotiga ko‘ra, u yiliga 35 million yevro olishi mumkin.

Hujumchi Lionel Messi erkin agent sifatida «PSJ»ga o‘tdi. Bu haqda fransuz klubi rasmiy sayti e’lon qildi.

Argentinalik 34 yoshli futbolchi bilan 2023 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolandi. Shuningdek, bitimda uni yana bir yilga uzaytirish borasidagi band ham bor.

Hujumchi Parij klubida 30-raqamda o‘ynaydi. U «Barselona»dagi faoliyatining boshida ham aynan shu raqamda harakat qilgan.

OAVning yozishicha, Messining yillik maoshi 35 mln yevroni tashkil etadi.

«PSJ»da faoliyatimdagi yangi davrni boshlayotganimdan xursandman. Klubdagi barcha narsa mening istaklarimga mos keladi. Bu yerda iqtidorli jamoa va murabbiylar shtabi borligini bilaman.

Klub va muxlislar o‘zgacha hissiyotlarga ega bo‘lishlariga yordamlashmoqchiman. «Park de Prens» maydoniga chiqishni sabrsizlik bilan kutyapman», — deydi hujumchi shartnoma imzolagach.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Sumayya

    Oldin 10 soni bilan oʻynirdi.Endi 30 boʻganmi

  2. Fazo.tv

    Salom Sumayya, ha huddi shunday. O’zi birinchi bo’lib Barselonada 30 raqamda o’ynagan edi.

  3. Messi

    Omadlar Leo! Dunyoni allaqachon zab ettin!

  4. Sumayya

    Toʻppa tori.Leoni paddeshka qiladiganla bomi oramizada.Eeee nme jiiim oʻtiribsila shoʻttamiz dvorila

  5. Fazo.tv

    Salom Sumayya! BIz hammamiz Leoni qo’llab quvvatlimiz! Unga faqat g’alabala tilab qolamiz smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social