Yandek taksi tomonidan yaratilgan boshqaruvchisiz transport vositasi test natijalari ma’lum qilindi. Mashina yo’lning barcha qoidalariga rioya qilgan holda Moskva ko’chalarini muvaffaqiyatli aylanib chiqdi. U barcha svetoforlarda to’xtab, piyodalarni o’tkazdi. Mashinaning ishonchliligini aniqlashda bir boshqaruvchi ham bor edi, lekin uning yordam kerak emas edi va hamma narsa avtomatik rejimda edi.
Test kuchli qordan so’ng, fevral oyida bo’lib o’tdi, lekin bu vaqtda shahar ko’chalari toza edi va qor faqat yo’l chetida edi. Ishlab chiquvchilar boshqaruvsiz mashinani har xil ob-havo sharoitlarida harakat qilishga o’rgatishmoqchi. Chunki, qishgi vaqtlarda ko’chada e’tiborga olish kerak bo’lgan ko’pgina xususiyatlar mavjud.
Boshqaruvchisiz avtomobilni shahar ko’chalariga chiqarishdan oldin, kompaniya sinov hududida, shu jumladan, qishki sharoitda sinovlarni o’tkazdi.