«Yangi O‘zbekiston» majmuasi va Mustaqillik monumentining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda

«Yangi O‘zbekiston» majmuasi va Mustaqillik monumentining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Bugun, 31 avgust kuni Toshkent viloyatining poytaxtga tutash qismida, Qibray tumanida barpo etilgan «Yangi O‘zbekiston» bog‘ining ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Mustaqillikning 30 yilligiga bag‘ishlangan «Yangi O‘zbekiston» majmuasi va Mustaqillik monumentining ochilish marosimida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etmoqda.

Bog‘ mazmuni milliy davlatchilik tarixi, xalqning bugungi intilishlari va Uchinchi Renessans maqsadlarini o‘zida mujassam etgan. 104 gektarlik bog‘ning umumiy ko‘rinishi Harakatlar strategiyasi yo‘nalishlariga monand daraxtning beshta shoxi shaklidadir. Bu yerda odamlar tabiat qo‘ynida dam oladigan so‘lim hududlar barpo etilgan.

Bog‘ hududida «Istiqlol» majmuasi qurilgan. Unda O‘zbekistonning 3 ming yillik tarixi, ajdodlarning buyuk ishlari, O‘zbekistonning yangi qiyofasi namoyon etilgan.

Bir gektardan ziyod maydonda 5 ming o‘rinli ochiq amfiteatr barpo etildi. Bu yerda umumxalq bayramlari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi. Majmua zamonaviy yoritish va akustika tizimlari bilan jihozlangan.

Kommentlar: 4 komment. 4 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Sayyora

    Juda go’zal chiqibdi! Prezidentimizga raxmat!

  2. Jon4567

    Mashi joyyi ikki oyda bitqazvorishibdi deb eshitdim

  3. Fazo.tv

    Salom Jon4567! Yozning o’zida qurib tashashdi, 24 soat ishlab

  4. Sumayya

    Klass qoyil lekin

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social