Disney 100 yillik yubileyi munosabati bilan o‘zining 500 dan ortiq qahramoni ishtirokidagi filmni taqdim etdi

Disney 100 yillik yubileyi munosabati bilan o‘zining 500 dan ortiq qahramoni ishtirokidagi filmni taqdim etdi

Amerikaning Walt Disney kinostudiyasi o‘zining 100 yillik yubileyi munosabati bilan Once Upon a Studio deb nom olgan qisqa metrajli filmni tomoshabinlar eʼtiboriga havola qildi. Unda kompaniya tomonidan ishlangan multfilmlardagi 500 dan ortiq qahramon ishtirok etgan. Film ABC telekanali orqali namoyish qilindi.

Film sujetiga ko‘ra 1953-yildan Walt Disney kompaniyasida ish boshlagan amerikalik prodyuser, animator va rassom Barnett “Barni” Mettinson amaliyotchilardan biri bilan suhbatlasha turib, multfilm qahramonlarining “jonlanishi”ni xohlashi haqida aytadi.

Mettinson va hamkasbi Disney ofisini tark etishlari bilan devordagi suratlardan Mikki Maus va pari Din-Din chiqib keladi. Ular birgalikda studiyaning yubileyi munosabati bilan suratga tushish uchun barcha multfilm qahramonlarini yig‘ib chiqishadi.

Multfilmda Ariel, Moana, Elza, Rapunsel, Timon, Gufi, Balu, Vinni-Pux, Donald Dak, Robin Uilyamson tomonidan ovoz berilgan qahramon Jin va boshqalar ko‘rinish bergan.

Filmning eng so‘nggi sahnalaridan birida esa Mikki Maus Uolt Disney portretiga qarab, unga minnatdorchilik bildiradi.

“Disney afsonalari” mukofoti sovrindori Barnett “Barni” Mettinson 2023-yilning 27-fevral sanasida vafot etgan. Shu boisdan ham Trent Korri va Den Abraxam tomonidan suratga olingan Once Upon a Studio filmida animator xotirasiga hurmat bajo keltirilgan.

Qisqa metrajli film ilk marta ABC telekanali orqali efirga uzatildi. U tez orada kinoteatrlarda “Ezgu orzu” multfilmidan avval ham namoyish etila boshlaydi.

Kommentlar: 20 komment. 20 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Oxooooo zoʻrku rahmat Fazotv maqola menga juda yoqadi kiss

  2. Multifilmni koʻrib chiqdim faqat oʻzbekchamaskande afsuski lekin shunda ham ajoyib kiss

  3. Rus4asiyam yugakan, ingliz4ada twunmadim, lekn juda 4iroyli 4iqibti

  4. Kino bulib 4iqarkan de, manga yoqdi

  5. Ha manga ham yoqdi bu

  6. Тимур

    Класс! Кичкина кино чикади, унда канака килиб Дисней ишлагани хакида курамиз

  7. Disney juda zo’r narsalar chiqazishadi

  8. Disneyni birinchi bo’lib qaysi multiki ko’rgansizlar? Men Qirol sherni

  9. Bilamadim eslolmayman lekin koʻp multifilmalrini koʻrdim smile

  10. Ku4ula haqida, ledi va brodaga, uzbe4a nomini bilmiman unknw

  11. Sarvinoz

    Pixar ham Disneyga kiradimi?

  12. Тимур

    Ха, Дисней сотиб оган, Марвел ва Стар Варс хам

  13. Sarvinoz

    Rahmat

  14. Zo’r

  15. Zo’r ekan, menga juda yoqdi

  16. Barnoxon

    Chiroyli chiqibti

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social