UNG Petro Toshkentda Ai-100 benzinini sotishni boshladi

UNG Petro Toshkentda Ai-100 benzinini sotishni boshladi

Toshkent shahrida UNG Petro tarmog‘idagi (“O‘zbekneftgaz”) yonilg‘i quyish shoxobchalarida import qilingan Ai-100 benzinini sotish boshlandi. Uning narxi 1 litri uchun 15,8 ming so‘mni tashkil etmoqda.

20-oktabr kuni “O‘zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalarida Ai-100 benzini sotuvi boshlandi. Bu haqda AYOQSH tarmog‘i matbuot xizmati xabar berdi.

“O‘zbekneftgaz” matbuot xizmatining “Gazeta.uz”ga oydinlik kiritishicha, ushbu benzin import qilinadi. Bir litrining narxi 15 800 so‘m. Taqqoslash uchun: Ai-92 narxi 10 200 so‘m bo‘lsa, Ai-80 narxi — 6050 so‘m.

Ai-100 hozircha faqat poytaxtdagi sakkizta yonilg‘i quyish shoxobchasida sotilmoqda: Parkent bozori, Aloqa, Chinobod, General Uzoqov, Bodomzor, Qorasuv, Ahmad Donish, Cho‘pon-ota.

Kommentlar: 19 komment. 19 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Киммат

  2. 95 kam oliwadi deyiwadi, 100 kim olarkan

  3. Olishadi, qimmat mashinalarga yaxshi benzin quyish kerak

  4. 15 ming so’m????

  5. Jinnorimi???

  6. Juda yaxshi bo’lipti

  7. Asliddin

    Zo’r zo’r

  8. Benzin yo’q!

  9. Javlonbek

    negative

  10. 80 yo’q ku! Bula 100 sotishyapti

  11. Benzin yo’q hech qayerda!

  12. Dilbarxon

    good good good

  13. Boychechak

    Elektocar olila

  14. Jamshid

    negative

  15. 80 yo’qku

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social