Google Lunar X PRIZE aktsiyasi doirasida Amerika va Yaponiyaning ikki jamoalari sayyoramiz yo`ldoshida lunoxodlarning musobaqasini o`tkazishadi. Moslamalar ekspeditsiyaga 2016-yilning ohirida ketishlari mumkin.
Ikkala jamoa o`z kuchlarini birlashtirgan holda ihtirolarini Oy yuzasiga jo`natishmoqchi. AQSh “Astrobotic” kompaniyasining “Andy” va Yaponiya “HAKUTO” kompaniyasining “Moonraker” va “Tetris” lunaxodlari Oyning shimoliy-sharqiy qismida joylashgan “o`lim ko`li” deb nomlanuvchi qismiga keyingi yili jo`natiladi.
Eng qiziqarlisi oyga etib borgandan keyin boshlanadi. Rejaga ko`ra apparatlar 500 m masofaga poygani boshlashadi va ushbu bahs Erda jonli efirda ko`rsatiladi. Albatta, “poyga” so`zi to`g`ridan to`g`ri tushunish kerak emas, chunki robotlarning o`rtacha tezligi 800 m/soatda bo`ladi.
Aytgancha, oldin Rossiyaning “Selenoxod” jamoasi ishtirok etmoqchi bo`lgan edi, keyinchalik jamoa mablag` etmagani uchun rozi bo`lmagan. Lunoxodni qurish uchun bir million dollar miqdoridagi mablag` kerak edi.
Manba: Naked-Science