Dangasalik hali ham taraqqiyotning dvigatelidir.
Yaponiya texnologiya kompaniyasi Science Co. Ltd hammom va oshxonalar uchun innovatsiyalarga ixtisoslashgan, “odamlar uchun kir yuvish mashinasi” ishlab chiqarish rejasini e’lon qildi. U Mirable uskunalari qatoriga kiritiladi.
Gap hozirgacha “Usoyaro loyihasi” deb ataladigan maxsus kabina haqida bormoqda. U eng yangi “nozik pufakchali texnologiya”, shuningdek, “murakkab cho‘milish tajribasi”ni yaratish uchun turli datchiklar va sun’iy intellekt tizimiga asoslangan.
Bunday qurilmaning vazifasi nafaqat inson tanasini yaxshilab tozalash, balki tinchlantiruvchi musiqa sadolari va mashina ichida ko’rsatiladigan video bilan dam olishingiz mumkin bo’lgan joyni ta’minlashdir.
Ichkaridagi sensorlar simpatik va parasimpatik nervlarning holatini o’lchaydi va o’rnatilgan AI to’plangan ma’lumotlardan eng qulay muhitni yaratish uchun foydalanadi.
Aslida, insonni kir yuvish mashinasi tushunchasi yangi emas. 1970 yilda Osaka ko’rgazmasida yapon elektronika giganti Sanyo Electric o’zining “Ultratovushli vanna” ni namoyish etdi, u to’liq avtomatlashtirilgan 15 daqiqalik tsiklda odamni yuvadi, massaj qiladi va quritadi. Keyin bu kontseptsiya tijorat mahsulotiga aylanmadi, ammo endi boshqa bir yapon kompaniyasi 2025 yilgacha tayyor mahsulotni taqdim etishni va’da qilib, uni qayta tiklamoqchi.
эринчола шунчаки одамла
Manga bitta kere
ajoyib
Obbo…
3 yil kutiw kerekan.
Qoyil qoldim
mazza ku
Yaponlani uzi kallasi zur iwlidi
Ниче так