Shu yilning iyul` oyida Yaponiyada Henn-Na Hotel («G`alati mehmonxona») ishchilari robotlardan iborat bo`lgan mehmonxona ochiladi.
Boshida mehmonxona uch «aktroid» (inson qiyofasidagi robotlar) hodimlardan iborat bo`ladi va ular ro`yxatga olish bo`limida ish olib boradilar. Keyinchalik ularning soni ko`paytirilib, butun hodimlarni o`rnini robotlar egallashadi.
Xabarlarga qaraganda, robotlardan tashqari xonaga kirish uchun kalit va kartalar o`rniga inson yuz tuzilishini aniqlashtirish tizimi ishga tushiriladi.
Bundan tashqari, tejash maqsadida, mehmonxonadagi konditsionerlar yashovchilarning tana haroratiga mos qilib yoqiladi (uni maxsus tizim boshqaradi). Xonadagi qulayliklarni, va boshqa kerak bo`lgan narsalarni planshet yoki smartfon orqali buyurtma berish mumkin.
Mehmonxona ikki qavatdan iborat bo`lib, har birida 72 xona bo`ladi. Ularning narxlari $60 dan boshlab $153 gacha bo`lishi mumkin.