Qaysi davlatda eng kam ish haqi bilan yashash mumkin?

Qaysi davlatda eng kam ish haqi bilan yashash mumkin?

Picodi tahlilchilari 67 ta davlatda eng kam ish haqi qanday o‘zgargani, oziq-ovqat narxlari qanday oshganini o‘rganib chiqdi.

Tahlilchilar 2024-yil yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda “sof” eng kam ish haqi miqdori 922 950 so‘mgacha (75 dollar), ya’ni 14,1 foizga oshganini ma’lum qildi. Respublika mazkur ko‘rsatkich bilan reytingda 67 ta davlat ichida 16-o‘rinni qayd etgan.

“Tadqiqotda biz sof stavkani, ya’ni xodimlar qo‘liga oladigan pulni ko‘rib chiqamiz. Biz ushbu taqqoslashni adolatli deb hisoblaymiz, chunki yalpi va “sof” ish haqi o‘rtasidagi farq mamlakatga qarab 0 foiz yoki 30 foizdan ortiq bo‘lishi mumkin”, — deyiladi Picodi nashrida.

Aksariyat mamlakatlarda (67 tadan 58 tasi) 2023-yil yanvaridan boshlab eng kam ish haqi o‘zgargan. Fransiya (3,4 foiz, 1505 dollar), Germaniya (2,8 foiz, 1729 dollar) va Tailandda (2,4 foiz, 203 dollar) ish haqi biroz oshgan. Ozarbayjon, Armaniston, Vyetnam va Ispaniya kabi mamlakatlarda esa hukumat eng kam ish haqini muzlatib qo‘ygan yoki uni oshirish bo‘yicha hali qaror qabul qilmagan.

Eng kam ish haqiga nisbatan oziq-ovqatga sarflanadigan asosiy xarajatlar

Tadqiqot uchun shartli oziq-ovqat savati tuzilgan, unga non, sut, tuxum, guruch, pishloq, go‘sht, sabzavotlar va mevalar kiritilgan. Tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, bu mahsulotlar kattalar uchun minimal oziq moddalar talablarini qondiradi.

Shu tariqa 67 ta mamlakatdagi mahsulotlarning narxi solishtirilib, rasmiy minimal daromadning necha foizi ularga sarflanishi aniqlandi. O‘zbekistonda oddiy oziq-ovqat savati narxi 2024-yil boshida 887 ming so‘mni tashkil qilmoqda va mamlakat 66-o‘rinda (oxirgi o‘rindan bitta oldin).

Buyuk Britaniya, Irlandiya, Niderlandiya, Avstraliya, Lyuksemburg va Yangi Zelandiyada asosiy mahsulotlar narxining eng kam ish haqiga eng qulay nisbati kuzatilgan. Ushbu mamlakatlarda mahalliy “eng kam ish haqining” o‘ndan bir qismidan kamrog‘i sarflanadi.

Rossiyada esa oddiy mahsulotlar to‘plami eng kam ish haqining 39 foiziga teng (67 mamlakat ichida 53-o‘rin). Bu borada Ozarbayjon 57-o‘rinni (44,9 foiz) egallab turibdi.

Shunday mamlakatlar ham borki, hattoki bunday kamtarona mahsulotlar to‘plami ham eng kam ish haqining yarmidan ko‘p turadi. Ular orasida Qozog‘iston (54 foiz), Vetnam (65,6 foiz), Armaniston (78,7 foiz) va O‘zbekiston (66-o‘rin 96,1 foiz) bor. Nigeriyada (116,5 foiz) esa eng kam ish haqi hatto asosiy oziq-ovqat bilan ta’minlash uchun ham yetarli emas.

Kommentlar: 19 komment. 19 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Бунака ойлила билан яшаш жуда кийин хозир

  2. Otabek

    Hayotni o’zi qiyin, bunday oylilar bilan undan ham qiyin bo’ladi

  3. Aziza

    Niderlandiyada yashasa bo’ladimi? laugh1

  4. Тимур

    Кучиб кетсез булади laugh

  5. Tohir

    Bunday oyliklar bilan, hech narsaga pul yetmaydi

  6. Anonim

    Hayotda odamlar qiynalishyapti

  7. Bobur

    Qiziq informatsiya

  8. Aziza

    Xudo Hoxlasa hammasi yaxwi buladi heart

  9. Gulnora

    Och qolmasak bo’ldi

  10. Anonim

    Qiziq

  11. Shox

    Lekin ko’payish bo’yicha birinchi o’rinlardamiz shunga qaramasdan

  12. Aziza

    Nega shunday ekan, juda qiziq

  13. Shox

    Zerikishadi biznikilar uyda o’tirib laugh

  14. Shox

    Keyin himoyanish haqida hech narsa bilmaydilar

  15. Eldor

    Odam ko’paygani bilan, ekonomikani ham yaxshilash kerak

  16. Xurshid

    Havoni yaxwilawsin birin4i urinda

  17. Boburbek

    Butun oylik ovqatga ketadi afsus

  18. Karimaxon

    Och qolmasak bo’ldi

  19. Shopir

    Havochi?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social