Yaponiyaliklar o`zi quchoqlaydigan stul yaratishdi

Yaponiyaliklar o`zi quchoqlaydigan stul yaratishdi

Quchoqlamoq yoki bag`riga bosmoq so`zlarini biz ko`pincha eshitamiz. Quchoqlash va bag`riga bosish insonlarga zavq va hursandchilik keltiradi. Lekin shunday vaqtlar bo`ladiki yoningizda yaqin insoningiz bo`lmay qoladi.

Shu maqsadda, Yaponiyaning “UniCare” kompaniyasi o`zi quchoqlaydigan stulni yaratishdi. Mazkur stul tinchlantiruvchi (xotirjam qiluvchi) vosita hisoblanib , stulning orqa qismida inson qiyofasi shaklida, do`stona qarashga va uzun qo`llarga ega qo`g`irchoq joylashtirilgan. Kompaniya vakillarining ta`kidlashicha, stulda o`zingizni xavfsiz his qilasiz va buni barcha ishlatishi mumkin. Biroq, ushbu stul asosan katta yoshli insonlar uchun mo`ljallangan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social