Yer yuzining aholisi 7,5 milliard kishini tashkil etdi

Yer yuzining aholisi 7,5 milliard kishini tashkil etdi

E’tiboringizni xalqaro “World Population Clock” tashkiloti taqdim etgan statistika bilan tanishib chiqishga taklif etamiz. So’nggi ma’lumotlarga ko’ra, Yer yuzida 7,5 milliard dan ortiq kishi yashamoqda.

Ko’pchilik tashkilot va olimlarning da’vo qilishicha, bunday aholining tezlik bilan o’sishi qayg’uli oqibatlarga olib kelishi mumkin: atmosferaga issiqxona gazlari chiqarishi, global isish jarayonini jadallashtirish, mahsulotlarni umumiy iste’mol qilish oshirishi ekologik muhitga salbiy ta’sir qiladi. Shuningdek oziq-ovqat eytishmasligi katta muammosi paydo bo’lishi mumkin.

“Population Matters” hayriya tashkilotining tadqiqotchilari so’nggi nashrlarda aytib o’tishicha, aholining o’sishi ayrim mamlakatlarni qashshoqlikga yetaklaydi va bundan esa butun dunyoda ko’p qurolli mojarolar kelib chiqishi mumkin.

World Population Clock statistikasiga ko’ra, bugungi kunda Xitoyda 1,38 milliard kishi yashamoqda. Undan so’ng (deyarli ahamiyatsiz farq bilan) Hindiston – 1,34 milliard, keyin AQSh – 326 million kishi.

20 eng zich aholi yashaydigan mamlakatlar

04

Birlashgan Millatlar Tashkiloti 2050-yilda Yer yuzining aholisi 10 milliard kishiga yetishini bashorat qilishmoqda. Mutaxassislarning aytishicha, o’sish faqat kambag’al mamlakatlar hisobiga bo’ladi. Bu holda, birinchi pog’anaga Hindiston o’tadi, dastlabki hisob-kitoblarga ko’ra uning aholisi 1,6 milliard kishiga yetishi mumkin ekan.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social