“Skipping Rocks Lab” olimlari plastic shishalarga yo’q deyish uchun noyob g’oyani o’ylab topishdi. Shaffof ekologik Ooho! Sharlar ichimlik suvidan iborat va yeyishi mumkin bo’lgan o’tlar ekstrakti qobigiga ega. Qobiqni tishlab va suvni ichish mumkin, yoki butunlay sharni yeb qo’ysa bo’ladi. Shar butunlay 4-6 hafta ichida irib-chirib bo’ladi.
Ixtirochilarning aytishlaricha, shunday to’plamni boshqa suyuqliklar, alkogol va sovuq ichimliklar uchun ishlatish mumkin. Suv o’tli sharlar nafaqat ekologik, balki plastikdan ko’ra arzon bo’ladi.
Yeyishi mumkin bo’lgan suvli sharlar birinchi marta 2013-yilda taqdim etilgan edi. Skipping Rocks Lab jamoasi g’oyasini ishlaydigan qildi va endi suvli sharlarni ishlab chiqarish uchun mablag’ yig’ishni boshladi. Bugungi kunda loyiha 800 ming funt sterling to’pladi ($ 1 million AQSh dollardan ko’proq), bu esa uning yaratuvchilari umid qilganidan ikki baravar ko’proq deganidir.
Skipping Rocks Lab o’zining ixtirosini yirik sport va ko’ngilochar tadbirlarda namoyish qiladi. Bu voqealardan biri London marafonida bo’ladi ya’ni ishtirokchilar marafon davomida 750 ming shisha suvni ichadilar.
Investorlar g’ayrat bilan loyihani qo’llab-quvvatlashdi, shuningdek atrof muhitni muhofaza qilish uchun o’sib borayotgan moda suvli sharlar “Ooho” yaqin kelajakda mavjud bo’lishiga umid qilamiz!