YouTubeʻning Oʻzbekistondagi monetizatsiyasiga cheklov olib tashlanishi mumkin

YouTubeʻning Oʻzbekistondagi monetizatsiyasiga cheklov olib tashlanishi mumkin

Bu boʻyicha prezident Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari va AQShning Oʻzbekistondagi elchisi Jonatan Xenik uchrashuv oʻtkazgan.

“YouTube”ning Oʻzbekistondagi monetizatsiyasiga cheklov olib tashlanishi mumkin. Bu haqda prezident Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Komil Allamjonov ma’lum qildi.

Prezident Administratsiyasi rahbari oʻrinbosari Komil Allamjonov hamda Administratsiya Ijro etuvchi apparatining Kommunikatsiyalar va axborot siyosati boʻyicha shoʻba mudiri Saida Mirziyoyeva AQShning Oʻzbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Unda “Google” (YouTube) kompaniyasi bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish muhokama qilindi, shuningdek, koʻplab blogerlarning YouTube monetizatsiyasining cheklanishiga oid murojaatlari yuzasidan kompaniya vakillari bilan uchrashuv tashkil etish va vaziyatni oʻrganish boʻyicha kelishib olindi.

2018-yilda sentabrda O‘zbekistonda Facebook, oktabrda YouTube va boshqa xizmatlardan foydalanish muammolari boshlangandi.

2021-yilda may oyida “YouTube” O‘zbekistonga pul to‘lashni to‘xtatgandi. Biroq YouTube bu cheklov bo‘yicha hech qanday rasmiy bayonot bermadi.

Keyinchalik noyabr oyida Telegram, Youtube, Instagram, Facebook va Odnoklassniki faoliyati cheklangandi.

2022-yil 1-avgustdan O‘zbekistonda “Twitter” va boshqa tarmoqlardan to‘siqlarsiz foydalanish imkoniyati tiklangandi.

Xabarga koʻra, “Twitter”, “WeChat” hamda “ВКонтакте” ilovalari blokdan yechilgan. “TikTok”ni ham blokdan chiqarish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.

2021-yil yozida “TikTok”, “Twitter”, “Skype”, “WeChat” va “ВКонтакте” tarmoqlariga cheklov qoʻyilgandi.

Cheklovga mazkur tarmoqlar Oʻzbekiston fuqarolarining shaxsiga oid maʼlumotlarni mamlakat hududida joylashgan serverlarda saqlamayotgani sabab boʻlgan.

Bu qaror ijtimoiy tarmoqlar faollari tomonidan tinimsiz tanqidlarga uchrab kelayotgan boʻlsa-da, blok hamon ochilmay qolayotgan edi.

Kommentlar: 28 komment. 28 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Хорошие дела делают, давно пора снять все ограничения и учить людей находить правильную информация в интернете, а не всякую пропаганду

  2. Youtube uzi pul tulidimi? Nimaga?

  3. Zulfiya

    Blogger buliw u4un yana bitta plus

  4. Тимур

    Ха Отабек, ютюб узи тулиди, просмотрла куп буса пул тулашади

  5. Rahmat Timur aka good

  6. Shuxrat

    Komil aka juda kerakli iwlani qivottila

  7. Ойбек

    Тури этас, яхши инсонла

  8. Ollohga shukur!

  9. negative Keremas

  10. Шуха

    Нимага керемасакан?

  11. Ijtimoiy tarmoqlani bar4asini yopiw kere

  12. Zulayho

    dance

  13. Assalom alaykum qalaysizlar men youtube kanalimda videoni oʻchirib tashlamoqchidim oʻchirsam keyin yana qayta paydo boʻladi oʻchmayapti nima qilsam boʻladi hatto hisobimni oʻchirib yangi hisob ochdim eski yotubeda yana chiqaryapti shu video qanday qilib butunlay oʻchirish mimkin yordam berib yuboringlar agar tushunadiganlar boʻlsa oldindan rahmat

  14. Googledan qidirib ko’rmadingizmi?

  15. Assalom alaykum qidirib koʻrdim lekin oʻxshamdi baribiri keyin yotubedan hisobni oʻzgartirgandim boshqa kanal ochdim oʻsha oʻzimni eski kanalimni nomini yozsam yana oʻsha video chiqyapti boredom

  16. Balki qan4adir kun kere, uwandan keyn u4iriwadi?

  17. Yoʻq kanalni yangidan ochdim boshqasini

  18. Eskisi u4iriwiga voqt kereydir. Mani4mga Youtube azgina vaqt beradi. Nimaga u4irdiz uzi?

  19. Shunchaki akamni nomiga ochilgan koʻrib qolsa gap eshitmay deb keyin dadamni nomiga ochdim ha siz topganmidiz meni kanalimni

  20. Yuq, topomadim, ssilkasi bomi?

  21. Googledan ham yozib koʻring manashunqa deb chiqaradi JumanazarJumaniyozov dengchi ayol rasmi bilan chiqsa meniki

  22. Qidirdim, 4iqmadi sad

  23. Ha mayli videolarni oʻchirgandim qoʻygandan keyin yana bir yoʻli topilar siz registratsiya qildizmi agar qilgan boʻlsangiz bitta video joylang shunaqa qilib bir birimizi topamiz keyin shu yerga nomizi yozib qoldiring

  24. Yu hali qimadim, qanaqa qilib video qoldiradi?

  25. Youtube oching keyin oʻrgataman

  26. Hop kiss

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social