Endilikda YouTube videoni har tomonlama ko`rish funktsiyasini sinovdan o`tkazishni boshlagan.
The Next Web nashrining xabarlariga ko`ra, YouTube da bir video paydo bo`lgan, unda foydalanuvchi xohlagan vaqtida to`rt kameradan biriga o`tishi va shu bilan ko`rish nuqtasini o`zgartirishi mumkin.
Mazkur videoni har tomonolama ya`ni qo`shiqchini o`zini, katta hajmda, yon tomondan va tepadan ko`rish mumkin. Bularni bajarishda, videoning o`ng tarafida joylashgan qo`shimcha oynachalar orqali foydalaniladi.
Bundan tashqari, uni hech qanday boshqa veb-saytlarga joylashtirib bo`lmaydi va mobil moslamalardan ham ko`rish imkoniyati yo`q. Hozirda, yangi funktsiya ustida sinov olib borilmoqda. Aytib o`tish joizki, u juda yaxshi ishmoqda.
Videoni shu link orqali tomosha qilishingiz mumkin.