Xitoyda ishlab chiqarilgan yumshoq o‘yinchoq tasodifiy xatolik sababli mashhur bo‘lib ketdi

Xitoyda ishlab chiqarilgan yumshoq o‘yinchoq tasodifiy xatolik sababli mashhur bo‘lib ketdi

Xitoyda 2026-yil — ot yiliga atab omad va quvonch ramzi sifatida ishlab chiqarilgan yumshoq o‘yinchoq kutilmaganda internetda mashhur bo‘lib ketdi. Bunga sabab zavoddagi ishlab chiqarish jarayonidagi xatolik bo‘ldi: o‘yinchoqlardan biri kulib turgan yuz o‘rniga g‘amgin va mungli ifodaga ega edi. Ma’lum bo‘lishicha, otning og‘zi fabrikada tasodifan teskari qilib tikib qo‘yilgan.

Hikoya Xanchjou shahrida yashovchi xaridorning ushbu o‘yinchog‘ni sotib olib, uni almashtirish uchun qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilganidan so‘ng boshlandi. Xaridor o‘yinchoqning qayg‘uli yuz ifodasi tushirilgan suratlarni ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirdi. Suratlar tez orada foydalanuvchilar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Oradan ko‘p o‘tmay, aynan shunday o‘yinchoqqa bo‘lgan talab keskin oshdi. Natijada Xitoyning Sina Weibo platformasida #YiwuCryCryHorseGoneViral heshtegi bir kun ichida qariyb 100 million marta ko‘rildi.

O‘yinchoqning qayg‘uli yuzi va o‘jar nigohi ko‘plab odamlar uchun tanish tuyuldi. Ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilar uni tashqi tomondan tinch, lekin ichida doimiy bosim va charchoqni his qiladigan 21-asr insoniga o‘xshatdi. Bu tasvir Xitoyda mashhur “ishchi ot” iborasi bilan ham bog‘liq: u ko‘pincha tinimsiz ishlaydigan va ortiqcha mehnatdan charchagan odamlarni ifodalash uchun qo‘llanadi.

Xitoy Xalq universitetining ijtimoiy media kommunikatsiyalari bo‘yicha professori Van Bin bu holatni insonlarda to‘planib qolgan charchoq va kelajakka bo‘lgan ishonchning sustligining psixologik ifodasi sifatida baholadi:

Iu shahridagi fabrika fursatdan foydalanib, tezkorlik bilan yangi partiyadagi o‘yinchoqlarni ishlab chiqarishga kirishdi, hatto ishlab chiqarish liniyalari soni ikkitadan 10 taga oshirildi. Ishchilarga esa qayg‘uli yuz ifodasini bir xil tarzda tikish talabi qo‘yildi.

Birinchi tasodifiy xatoga kim sababchi bo‘lgani aniqlanmagan, biroq kompaniya barcha ishlab chiqarish jamoasiga bonus to‘lashga va’da berdi. Talab keskin oshganiga qaramay, ishlab chiqaruvchi narxni oshirmaslikka qaror qildi. O‘yinchoq hozir ham 25 yuan, ya’ni taxminan 2,5 dollar narxda sotilmoqda.

Kommentlar: 29 komment. 29 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Bu o‘yinchoqni ko‘rib kuldim ham achindim ham chunki hozirgi odamlarning ichki holatini juda yaxshi ifodalayapti

  2. Tasodifiy xatolik qanday qilib butun dunyoga mos obraz yaratib berdi juda qiziq holat

  3. Eng yoqqani ishlab chiqaruvchi narxni oshirmagani bu kamdan kam uchraydi

  4. Oddiy o‘yinchoq odamlarning charchog‘i va ichki holatini aks ettirib mashhur bo‘lib ketgani juda ramziy bo‘ldi

  5. Dilnoza

    Menga oxshar ekan rofl

  6. Dilshod

    Bu otcha aynan mening dushanba kungi kayfiyatim juda mos tushibdi

  7. Dilshod

    Xatolik bo‘lsa ham eng samimiy o‘yinchoq chiqibdi

  8. Dilshod

    Endi kulayotgan o‘yinchoqlar zerikarli bo‘lib qoladiganga o‘xshaydi

  9. Qandaydir yurakka tegadigan ifodasi bor ekan shunaqa mehr berib quchoqlagim keldi

  10. Ba’zan jimgina g‘amgin bo‘lish ham chiroyli bo‘larkan

  11. Shu o‘yinchoqni ko‘rib hayotimdagi stresslarim esimga tushdi

  12. Javohir

    Internet hamma narsani mashhur qilib yuboradi endi oddiy xatolik ham trend

  13. Javohir

    Lekin baribir marketing yurishi zo‘r ishlagan

  14. Javohir

    Tan olay bu o‘yinchoq boshqalardan ko‘ra ko‘proq real

  15. Bu otcha butun bir avlod kayfiyatining ramzi bo‘lib qolayapti

  16. Xatolik san’atga aylanganiga yana bir misol

  17. Ba’zan mukammal bo‘lmagan narsalar eng chiroyli bo‘ladi

  18. Shu o‘yinchoqni ko‘rsam ham kulgim keladi ham o‘zimni ko‘rgandek bo‘laman

  19. Stressli yoshlar uchun ideal maskot bo‘lsa kerak

  20. Endi hammamizga shunaqa mungli o‘yinchoq kerak

  21. Qandaydir yurakni siqib yuboradigan yoqimli holati bor ekan

  22. Bu otcha meni ichimdagi charchoq bilan yuzlashtirdi

  23. Shunaqa o‘yinchoqlar odamni tushunib turgandek bo‘ladi

  24. Yuzlari shirin ekan smile

  25. Galati bular

  26. Dildora

    Bizda ham sotilarmikan?

  27. Yoqmadi menga

  28. Ajoyib good good

  29. Dildora

    Kulgili rofl

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social