“Ten Hagni hurmat qilmayman. Klub menga xiyonat qildi” — Ronaldu “Manchester Yunayted”dagi vaziyat haqida keskin gapirdi

“Ten Hagni hurmat qilmayman. Klub menga xiyonat qildi” — Ronaldu “Manchester Yunayted”dagi vaziyat haqida keskin gapirdi

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu so‘nggi vaqtlarda yuz bergan voqealar yuzasidan The Sun nashriga katta intervyu berdi. Nashr intervyuning bir qismini e’lon qildi.

Ten Hag haqida

Men ten Hagni hurmat qilmayman, chunki u menga hurmat ko‘rsatgani yo‘q. Agar sen meni hurmat qilmas ekansan, men ham seni hech qachon hurmat qilmayman.

Xiyonat haqida

Klub meni jamoadan ketishim uchun harakat qildi. Nafaqat bosh murabbiy, balki boshqa odamlar ham, ayrimlari klub ichidagi yigitlar. Menga xiyonat qilishganini his qildim. Ular meni nafaqat bu mavsum, balki o‘tgan mavsumda ham “Manchester Yunayted”da ko‘rishni istamagan.

Runining tanqidlari borasida

Balki, men hamon yuqori darajadaligim sabab, u esa faoliyatini yakunlab bo‘lgani uchun tanqid qilayotgandir. Undan yaxshiroq holatda ekanligimni aytmagan bo‘lardim — hatto bu haqiqat bo‘lsa ham.

Ralf Rangnik haqida

Agar siz murabbiy bo‘lmagan taqdiringizda unda qanday qilib “Manchester Yunayted”ni boshqarishga kirishyapsiz. Men hatto u haqida avval umuman eshitmagandim.

Fergyusondan keyingi davr borasida

O‘sish — nolga teng. Fergyuson ketganidan keyin men klubda o‘sishni ko‘rmadi. Hech nima o‘zgarmadi.

Aleks jamoa o‘zi uchun loyiq bo‘lgan yo‘ldan ketmayotganini juda yaxshi bilan. Barcha bundan xabardor. Buni ko‘ra olmagan odamlar… Shunchaki haqiqatga tik qarashni istamayapti, ular ko‘r.

Klubdan ketishi haqida

Pikasso aytganidek, nimanidir yangidan qurish uchun, nimanidir yo‘q qilish lozim. Agar ular buni mendan boshlashsa, bunga muammo sifatida qaramayman.

Men “Manchester Yunayted”ni, uning muxlislarini yaxshi ko‘raman, ular doim men tomonda. Biroq ular qanday natijaga erishmoqchi bo‘lsa, ko‘p narsani o‘zgartirish kerak bo‘ladi.

Krishtianu Ronaldu, futbolchi

2022-yilning yozida Ronaldu klubning mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida to‘liq qatnashmadi. 2022/23-yilgi mavsum davomida “Manchester Yunayted”ning o‘tgan mavsumdagi to‘purari zaxira o‘yinchisiga aylandi. “Tottenhem”ga qarshi o‘yin tugamasidan stadionni tark etgani uchun ten Hag tomonidan jamoa o‘yinlari va mashg‘ulotlaridan chetlatildi.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Ана энди шоу бошланади

  2. Otabek

    Voyvooooo, qa4on tuliq intervyu 4iqadi?

  3. Нозим

    Жахон чемпионатидан олдин хаммани узига каратмокчи

  4. Ulug'bekov A

    Ertaga tuligi 4iqiwi kere. kuramiz nima buliwini

  5. Manzura

    Nima buldi? Nimaga unaqa divotti?

  6. Ergashev

    Mana buni wou disa buladi laugh1

  7. Dilshod

    Vooooo

  8. Anvar

    Buldi bowqa MYU da uynamidi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social