Las-Vegasda bo’lib o’tgan CES ko’rgazmasida, Xitoyning ZTE kompaniyasi o’zining yangi “ZTE Hawkeye” smartfonini taqdim etdi.
Ushbu smartfon 5,2-dyumli Full HD displeyga, ikkita kamera, barmoq izlari skaneri, Hi-Fi audio, tez zaryad oluvchi kuchli batareya, kengaytirilgan xotiraga ega. Hamda, smartfon Android Nugat operatsion tizimi ostida ishlaydi.
“ZTE Hawkeye” ning asosiy yangiligi, bu nigohni kamera va sensor yordamida kuzatishdir (ya’ni smartfonni barmoqlar tegilmasdan boshqarish uchun), hamda ushbu smartfon har qanday maydonga yopishishi mumkin (maxsus g’ilof yordamida qilinadi).
ZTE Hawkeye halqaro bozorga 2017-yilning uchinchi choragida chiqishi mo’ljallangan. Yangilikning batafsil xususiyatlari hozircha namoyish etilmagan.
https://youtu.be/QoHhnOtww2w
Manba: Naked-science