Taxt vorislari: butun dunyodagi qirollik oilalarining merosxo‘rlari qanday ko‘rinishga ega?

Taxt vorislari: butun dunyodagi qirollik oilalarining merosxo‘rlari qanday ko‘rinishga ega?

Hozirda dunyoda 20 dan ortiq qirollik oilalari mavjud. Quyida taxt merosxo‘rlari va monarxlarning avlodlari bilan tanishamiz.

Malika Leonor, Ispaniya

Malika Leonor 2014-yilda otasi taxtdan voz kechganidan so‘ng taxtga o‘tirgan qirol Filipp VI ning ikki qizining eng kattasi. U taxtga birinchi da’vogar — kelajakda 1868-yildan beri Ispaniyaning birinchi malikasiga aylanadi.

Shahzoda Jorj, Buyuk Britaniya

2013-yilda tug‘ilgan shahzoda Jorj shahzoda Uilyam va Keyt Middltonning to‘ng‘ich o‘g‘li, demak, u bir kun kelib qirol bo‘ladi. Hozirda u Britaniya taxtiga nomzod sifatida otasidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.

Hamdan ibn Muhammad al-Maktum, Dubay

Olouddinga qiyoslanadigan arab shahzodasi 1982-yilda tug‘ilgan. U akasi Rashid taxtdan voz kechgan 2008-yildan beri Dubay valiahd shahzodasi hisoblanadi. Hamdan jamoatchilikka yaxshi tanish, chunki u ijtimoiy tarmoqlarda faol — u yerda o‘zining hashamatli turmush tarzini namoyish etadi. Biroq qirollik oilasining a’zosi vazifalarini ham unutmaydi va ko‘p vaqtini xayriya ishlariga bag‘ishlaydi. 2019-yilda shahzoda amakivachchasi Shayxa bintu Said ibn Tani al-Maktumga uylandi, 2021-yilda ular farzandli bo‘ldi.

Malika Estel, Shvetsiya

Malika Estel Shvetsiya valiahd malikasi Viktoriyaning to‘ng‘ich farzandi va Shvetsiya taxtiga nomzod sifatida onasidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Uning to‘liq ismi Estel Silvia Eva Meri. U 2012-yil 23-fevralda tug‘ilgan.

Malika Yelizaveta, Belgiya

Belgiya malikasi Yelizaveta 2001-yil 25-oktabrda tug‘ilgan. U qirolning to‘ng‘ich farzandi, aka-ukalari bo‘lsa-da, Belgiya taxtining birinchi vorisi hisoblanadi. Bu uning tug‘ilishidan 10 yil oldin qabul qilingan taxtga vorislik qoidalarining o‘zgarishi tufayli sodir bo‘ldi.

Agar u taxtga o‘tirsa, Belgiyaning birinchi hukmron qirolichasiga aylanadi. Malika golland, fransuz, nemis va ingliz tillarini biladi. U 2020-yil may oyida Uelsdagi UWC Atlantic kollejini tamomlagan va Bryusseldagi Belgiya harbiy akademiyasiga o‘qishga kirgan. Malika o‘qishda qiyinchiliklarga duch kelgan bolalar, qariyalar, uysizlar va nogironlarga yordam berish uchun ko‘plab volontyorlik ishlarni amalga oshiradi.

Shahzoda Kristian, Daniya

Shahzoda Kristian 2005-yilda tug‘ilgan. U Daniya valiahd shahzodasi Frederikning to‘ng‘ich farzandi va qirolicha Margret II ning nabirasi. U taxtda otasidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Qizig‘i shundaki, 16-asrdan boshlab Daniya monarxlarining to‘ng‘ich farzandi yo Kristian yoki Frederik deb ataladi.

Shahzoda Jak, Monako

To‘liq ismi Jak Onore Rainier Grimaldi bo‘lgan shahzoda Jak 2014-yil 10-dekabrda tug‘ilgan. Uning o‘zidan 2 daqiqa katta bo‘lgan malika Gabriella ismli egizak opasi bor. Biroq saroy qoidalariga ko‘ra, Jak Monegask taxtining vorisi hisoblanadi.

Shahzoda Mulay Hassan, Marokash

Marokash shahzodasi Mulay Hassan 2003-yilda tug‘ilgan. Qirol Muhammad VI ning to‘ng‘ich farzandi sifatida u Marokash taxtining vorisi hisoblanadi. Shahzoda arab, fransuz, ingliz va ispan tillarini yaxshi biladi. U, shuningdek, iqtisod va ijtimoiy fanlar bo‘yicha xalqaro bakalavr darajasini olgan — kelajakda aviatsiya yo‘nalishida o‘qishni rejalashtirmoqda. Shahzoda allaqachon o‘zining qirollik vazifalariga ko‘nikib, qirollik tashriflarini amalga oshiradi va dunyo rahbarlari bilan muloqot qilgan holda ko‘pincha otasini tanishtiradi.

Malika Katarina-Amaliya, Niderlandiya

Katarina-Amaliya 2003-yilda tug‘ilgan. Oilasidagi uch qizning eng kattasi sifatida u 2013-yilda otasi taxtga o‘tirganidan so‘ng taxt vorisi bo‘ldi. Malika va uning opa-singillari qirollik oilasi a’zolari bo‘lishsa-da, oddiy maktabda o‘qishgan. Malika golland, ingliz va ispan tillarida gapiradi. U ot minishni, xokkeyni, qo‘shiq aytishni va pianino chalishni yaxshi ko‘radi.

Malika Ingrid Aleksandra, Norvegiya

Malika Ingrid Aleksandra Norvegiya valiahd shahzodasi Xokonning to‘ng‘ich farzandi. U 2004-yilda tug‘ilgan va hozirda otasidan keyin ikkinchi merosxo‘r hisoblanadi. Agar u taxtga o‘tirsa, XV asrda monarx bo‘lgan qirolicha Margaretdan keyin Norvegiyaning ikkinchi malikasiga aylanadi.

Kommentlar: 29 komment. 29 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Тимур

    Норвегиялик чиройликан

  2. Gulli

    Assalom alaykum bularni har bittasini yaxshilab koʻrib chiqdim lekin umuman bu yoshlarda ekanligiga ishonmayman ular juda boshqacha men bilan tengdosh ham bor ekan lekin bir birimizga qarganda man undan kichkina koʻrinaman xuddi 6 7 yosh kichkinadek

  3. Aziza

    Wuni etin, hammasi guzal, qomatlari keliwga malikalar smile Man bilarni oldida vawe oddiy odamga uxwab qolarkanman

  4. Gulli

    Ha toʻgʻri chiroyli ekan lekin yoshidan ancha katta koʻrinadi

  5. Aziza

    Juda kup makiyaj qiliwsa kere unknw

  6. Gulli

    Bilmasa balki shundaydir

  7. Gulli

    Malika Estel ham chiroyli qiz ekan lekin yoshi kichkina boʻlsayam juda chiroyli qiz

  8. Aziza

    Haaaa… eh manam Malika buganimda edi sad

  9. Gulli

    Sizam ota onangiz uchun ularning malikasisiz

  10. Aziza

    Yigitimga ham wunaqa buli rofl

  11. Саид

    Норм норм)))

  12. Gulli

    Ha albatta Shunday bolasiz insholoh

  13. Gulli

    Eng yoqqani Malika Estel ❤️❤️❤️

  14. Gulli

    Malika Ingrid 2004 yil lekin men bilan bir qoʻysa man kichkina qizchaday boʻlib qolaman lekin chiroyli ekan ❤️

  15. Ibrohim

    Hammaga hello! siz nechinchi yilsiz?

  16. Gulli

    Assalom alaykum 2004

  17. Ibrohim

    bye

  18. Gulli

    ☺️

  19. Odil

    Britaniyada boladan oldin juda kup odamla bor taxta otiriwi mumkin bogan

  20. Gulli

    Assalomu alaykum Qiziq malumot ekan rahmat

  21. Aziza

    Bulani kup4iligi oxir oqibat qirol yoki qiroli4a buliwmidi

  22. Aziza

    Sayt yana iwlavotti smile

  23. Gulli

    Assalom alaykum Aziza qalaysiz by nimadan men ham hayron qoldim yozib bolmayotgandi

  24. Gulli

    Nega qirol bola olmasliklariga sabab hozirdan harakat bolsa key in yanada yaxshi boshqarishadi emasmi davlatni manimcha shunday

  25. Aziza

    Ha manam hayron qoldim, u bu narsa bugandirde.
    Kup4iligidan oldin otalari, onalari, togalari va bowqa qarindowlari bor, wunga ularga yetib kemasligiyam mukn

  26. Рашид

    good good

  27. Pokizaxon

    Juda chiroyli insonlar

  28. Gulli

    Aziza rahmat balki shundaydir yana bilmadim

  29. Гавхар

    good smile smile

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social