Dunyodagi eng baland sharshara…

Dunyodagi eng baland sharshara…

Anxel sharsharasi – dunyodagi eng baland sharshara. Sharshara Venesuelaning sharqidagi Churun daryosiga oqib boradi. Anxel sharsharasining umumiy balandligi 979 metrdir. Uzilmasdan pastga tushib boradigan qismining uzunligi bo`lsa 807 metrdir.

Anxel sharsharasi Amerikalik pilot Djimmi Anxel nomi bilan ataladi. Anxel sharsharanining ustidan 1935 yil uchib o`tdi va uni qo`rgan birinchi oq tanli odam bo`ldi.

Sharshara ispancha „Salto Ángel“ deb ataladi. O`zbekchada „Anxel“ deb nomlash rus tilidan kirib kelgan. Venesuelada mahalliy aholi bo`lmish pemonlar sharsharani „Kerepakupai Vená“ („eng chuqur erning sharsharasi“) deb atashadi.

Anxel sharsharasi juda ko`p sayyohlarni jalb qiladi. Ammo uning oldiga borish murakkab, sababi sharshara aholi yashaydigan erlardan olisdagi djunglida joylashgan. Bugungi kunda kichik samolyotlar sayyohlarni Anxel sharsharasi ustida va atrofidagi hududda aylantiradi. Sharsharaga yana daryo suv ko`p bo`lgan mavsumda (iyun-dekabr) curiara deb nomlanuvchi qayiqlarda mahalliy gidlar bilan suzib borish mumkin.

Kommentlar: 8 komment. 8 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Gari

    vooov zo’r ekan-uuu

  2. Исмингиз

    gap y6

  3. Sarik

    dunyodagi eng ajoyib tabiiy joylarning ko’pchiligi Lotin Amerikada joylawganuu

  4. Madina Hakimova

    Wow

  5. Anonim
  6. Kamila

    Anxel sharsharasi qaysi daryodan oqib tushadi

  7. Black Pink

    Raxmat manga keredida ozi

  8. Sodiq

    good good

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social