Konor Makgregorning 3,5 mln dollarlik Lamborghini yaxtasi tayyor bo‘ldi va unga yetkazib berildi

Konor Makgregorning 3,5 mln dollarlik Lamborghini yaxtasi tayyor bo‘ldi va unga yetkazib berildi

Amerikalik UFC jangchisi Dastin Porye bilan jangdan so‘ng qayta tiklanayotgan Konor Makgregorning Lamborghini Tecnomar 63 nomli yaxtasi tayyor bo‘ldi. Italiya markasining birinchi seriyali gibridi uslubidagi motorli yaxta — Sian FKP 37 — Makgregorning Los-Anjelesdagi uyiga yetkazib berilgan. 4000 ot kuchiga ega kater haqida u o‘zining Instagram’dagi sahifasi orqali ma’lum qilgan.

Bu ommaga ma’lum qilingan Lamborghini Tecnomar 63’ning ikkinchi buyurtmasi hisoblanadi: birinchi kater iyun oxirlarida noma’lum xaridorga yetkazib berilganida suratga olingan edi. Makgregor “Dengiz superkari”ni 2020-yilning oktabrida oilasi bilan The Italian Sea Group shtab-kvartirasiga tashrif buyurganida buyurtma qilgan. Model jami 63 nusxada yaratiladi va bu tasodif emas: 1963-yilda Lamborghini markasiga asos solingan edi.

Makgregorga tegishli Tecnomar 63’ning aniq qiymati noma’lum, ammo kater narxi 3,5 million dollardan boshlanadi. Autoevolution nashri ma’lumotlariga ko‘ra, taniqli UFC jangchisi yaxtani qayta ishlashga 500 ming dollar sarflagan. Irlandiyalik korpusidagi botqoqsimon yashil rangdan tashqari yana nima buyurtma qilgani noma’lum.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Doniyor A

    Boylaga mazza de. hohlagan narsasini oliwadi.

  2. Laziza

    Wuni eting. boy b6sa mazza. keremas narsalani oladi odamla

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social