O`z tilim – do`stim yoki dushmanim?

O`z tilim – do`stim yoki dushmanim?

Insoniyatni xayvonlardan farqi shundaki, bu-insonyatda nutqning borligidadir. Nutqning rivojlanishi to`g`ridan to`g`ri uning psixalogiyasi va fikrining rivojlanishiga bog`liqdir.

Xaqiqatdan ham nutq, so`z va til bizning qanday shaxs ekanligimizni belgilaydi. Jim va gapirmay turgan insonning ichki dunyosini bilish juda ham qiyin. Ammo bir necha jumla gapirsa, u nima bilan yashab, qanday nafas olishi aniq bo`ladi.

Bizning og`zimizdan chiqayotgan so`zimiz bu bizning fikrimizdir. Bizning gapirayotgan so`zimiz bizning kim ekanligimizni va asli kimligimizni ko`rsatadi. Bizning tilimiz butun bir xayotimizni boshqaradi.

Kema qanchalik katta va baxaybat bo`lmasin u oddiy bir kichik rul bilan boshqarilida. Qayerga xohlasa o`sha erga kemani burish mumkin. Xuddi shunday tilimiz ham tanamizining bir kichik a`zosidir. Lekin ko`p narsa qilishga qodir.

Janjal, urush va kelishmasliklarning sababi bu bizning tilmizdir. O`tinga olov qo`ysak, u  olov bo`lib yonadi. Tilimiz ham janjal, urush va nizolarni yondiradi. Olov yo`lida uchragan barcha narsani yondirib yo`q qiladi. Xuddi shuningdek bizning bir og`iz so`zimiz, biz yillar davomida qurgan barcha xayrli va yaxshi ishlarimzni buzib, yo`q qilishiga qodir.

Avtobusda ketayotib orqa o`rindiqda o`tirgan bir necha yigitlarni kuzatib qoldim. Ular juda ham kelishga oq ko`ylak va galustuk taqib olishgan. Ularni ko`rgan xar qanday inson xavas qiladi. Lekin ularning gapiryotgan so`zlari va gaplari esa butun olamni buzadi.

Til – bizning hayotdagi rulimizdir. Biz aytayotgan so`zlarimiz kuchga ega.  Biz bugun nimaga ega bo`lgan bo`lsak, kecha shu haqida gapirganmiz, bugun nima haqida gapirib, fikr qilsak ertaga shu narsaga ega bo`lashimiz aniqdir.

Biz tilimiz bilan do`st yoki dushman orttirishimish mumkin. Bu xaqiqatni barchamiz bugun bilsakda, nima uchun o`zimizni bunday tutamiz? Qanday qilib bir buloqdan shirin va achchiq suv chiqishi mumkin?  Qanday qilib tilimiz bilan yaxshi va yomon so`z gapirish mumkin?

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. rustambek

    afsus togri yozilgan, tilimizni boshqarishimiz kerak va xar bir so’zni uylab gapirish kerak.chunki sezmasdan biz birgina so’z bilan insonni ranjitshimiz mumkin.

  2. Nodir

    Bir so’z bilan insonni o’ldirish mumkin. Bir so’z bilan insonga hayot bag’ishlash mumkin.

  3. javoh

    barcha narsa uchun bir so’z xam etadi! lekin sevgi isxor qilishga bir so’z etishi mumkinmi?

  4. Feruza

    Javoh bir so’z bilan sevgi izhor qilib bo’lmaydikuya. Lekin bir so’z bilan sevgini yo’q qilish mumkin

  5. Nodir

    Muallif feruza: siz haqsiz!!! Bir so’z bilan sevgina vaishonchni yo’q qilish mumkin.

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social