Pedro Francheski dunyodagi eng yosh o‘zi boy bo‘lgan milliarderga aylandi. U nima bilan shug‘ullanadi?

Pedro Francheski dunyodagi eng yosh o‘zi boy bo‘lgan milliarderga aylandi. U nima bilan shug‘ullanadi?

Brex fintex startapi asoschisi Pedro Francheski eng yosh selfmade (o‘zi boy bo‘lgan) milliarderga aylandi. Forbes uning boyligini 1,5 milliard dollarga baholagan.

Dasturlashni 9 yoshida boshlagan

Pedro Francheski 25 yoshda. U Braziliyada tug‘ilib o‘sgan. Boshqa bolalar velosiped haydashni yoki sport o‘ynashni o‘rganayotganda, Pedro iPhone’ni buzishni o‘rganardi.

Francheski o‘zining birinchi dasturini 9 yoshida yozgan — dasturlashni Google va YouTube yordamida mustaqil o‘rgangan. Dastur Braziliyada ishlamagan iOS dasturiy ta’minotni buzish uchun kerak edi. Apple’dan ogohlantirish olgandan keyin Pedro o‘z mahoratini huquqiy sohada qo‘llash kerakligini tushundi.

2012-yilda, 20 yoshida, Francheski Twitter’da Enrike Dubugras bilan tanishdi. Pedro kabi Enrike ham Braziliyadan edi va dasturlashni yaxshi ko‘rardi.

Yigitlar tezda umumiy til topdilar va 2013-yilda Pagar.me onlayn to‘lovlar tizimini yaratdi. Pagar.me tezda muvaffaqiyatli qozondi.

Tasodifan Stenfordga kirib, uni tashlab ketdi

Pedro Stenford dunyodagi eng nufuzli universitetlardan biri ekanligini bilar edi, lekin u erga o‘qishni rejalashtirmagan edi — yigit Braziliyadagi hayotidan zavq olardi.

Biroq Enrikening fikri boshqacha edi va u o‘z do‘stini arizalarni qabul qilish muddati tugashiga ikki oy qolganda ariza berishga ko‘ndirdi.

Stenford qabul komissiyasi Francheski va Dubugras bilimidan hayratga tushib, ikkalasini ham o‘qishga qabul qildi. AQSHga ko‘chib o‘tishdan oldin yigitlar Pagar.me startapini yirik xalqaro kompaniyaga sotishdi.

2016-yilda Kaliforniyaga kelib, braziliyaliklar yangi startap ochishga qaror qilishdi. Bir nechta g‘oyalarni ko‘rib chiqqach, Pedro va uning do‘sti moliyaviy texnologiyalarda (fintex) to‘xtashga qaror qildi. Shunday qilib 2017-yilda Brex paydo bo‘lgan

Tez orada o‘qish va ishni birlashtirib bo‘lmasligi tushungach, yigitlar Stenfordni tark etib, o‘z startapiga e’tiborni qaratishdi.

12 milliard dollarlik biznes qurdi va “bozor buzg‘unchisi” unvoniga sazovor bo‘ldi

AQSHda ishni endi boshlayotgan kompaniya uchun korporativ kredit kartasini ochish juda qiyin. Ko‘pgina banklar ta’sischilardan hisob varaq ochish uchun shaxsiy kredit kafolati yoki garov depozitini taqdim etishni talab qiladi, kredit miqdorini cheklaydi.

Brex ushbu muammoni hal qilishni maqsad qilgan. Kompaniya startaplar uchun yuqori kredit limitlari (standartdan 10 baravar yuqori) va shaxsiy kafolatlarsiz korporativ kartalarni chiqarishdan boshladi.

Tashkil etilganidan bir yarim yil o‘tgach, Brex rivojlanishning dastlabki bosqichida bo‘lgan startaplar uchun amalda standart to‘lov yechimiga aylandi.

Loyihaning butun dasturiy platformasi noldan qurilgan, ishlab chiquvchilar mavjud texnologiyalarning hech biridan foydalanmagan.

2017-yilda loyiha birinchi investitsiyalarni jalb qildi va bir yildan keyin uning qiymati 1,1 milliard dollardan oshdi.

2022 yilda kelib, Brex 12,3 milliard dollarga baholanmoqda. Amerika ommaviy axborot vositalari startapni “bozor buzg‘unchisi” deb ataydi – kompaniya shu qadar inqilobiyki, u o‘zi atrofidagi hamma narsani o‘zgartirib boshlaydi.

Hozir kompaniya qo‘shimcha xizmatlarni qo‘shib, American Express va J.P. Morgan Chase kabi gigantlarga raqobatchi bo‘lmoqchi.

Kommentlar: 5 komment. 5 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Laliddin

    birin4i marta ewitiwim, birin4i twunmadim kimligini

  2. Kamila

    cool erimku

  3. Nodir

    rofl rofl rofl rofl rofl rofl rofl

  4. S

    kim bu?

  5. Doston

    yow boy bola, ota-onasi boy busa kere

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social