Uxlash nima uchun kerak?

Uxlash nima uchun kerak?

Mashhur ingliz yozuvchi-yumorist Djerom Klapka quyidagi mashhur so`zlarni aytib o`tgan. “Orqaga qaytarib bo`lmaydigan, hayotimizning qimmatli va ajoyib vaqtlari, hech qanday bir maqsadsiz uyquga sarflanayotgani meni juda ranjitmoqda”

Olimlar uyqining qattiy hilma-hil ekanligiga ko`proq tayanishmoqda. Buni o`zlarimiz uchun qanday aniqlash mumkin? Dam olish kunlari uxlashga yotganingizda e`tibor bering, qancha vaqt uxlaganingizda, siz o`zingizni butunlay dam olgandek his qilasiz. Axir faqat dam olish kunlaringizda siz yotayotib, ertalab ishga borish uchun vaxtli turish xaqida o`ylamaysiz. Aynan o`zingizni to`la dam olgandek his qilishingiz uchun ketgan vaqt, bu sizning dam olish uchun ketadigan individual vaqtingiz bo`lib topiladi.

Insonlar dam olish uchun xar hil vaqtlarda yotishadi. Eng maqbul vaqt bu soat  22:00 bo`lishi kerak. Qondagi melatonlarning maksimal kontsentratsiyasi soat tungi 12:00 dan ertalabki 04:00 gacha. Bizning uyqimiz tong yorishayotgan vaqtda tugaydi. Agar organizm shu vaqt maboynida qayta tiklanishga ulgurmagan bo`lsa, bu uyquning deyarli foydasi bo`lmaydi.

Yaxshi dam olish va uyqudan turgan vaqtingizda o`zingizda yangi bir energiyani his qilish uchun bir qancha qoidalarga rioya qilish zarur:

Kechda og`ir va yog`li ovqatlarni ist`emol qilmang, sigareta chakmang, kofe va har hil turdagi issiq ichimliklarni ichmang. Kechki ovqatni uxlashdan 3-4 soat oldin yakunlash yaxshi. Albatta, agar yotishdan oldin och bo`lganingizni sezsangiz, engilgina tamaddi qilib olishga ruxsat beriladi.  Bir qancha vaqt ochlikdan qiynalib yotgandan, yaxshisi biron bir narsa eb olgan yaxshiroq.

Yotishdan oldin toza xavoda aylanib kelish foydali. Tanamizning toza kislorodga to`lishi, yaxshigina uyquning ajoyib  vositasi.

Uxlashdan yarim soat oldin televizor yoki komp`yuter oldidan ketib, ko`zlarimiz va miyamizga dam bergan ma`qul.

O`zingizni butunlay dam olgandek va yangi kuchga to`lishingiz uchun qancha kerak bo`lsa shuncha uxlang. Mana shundagina siz ishingizni davom ettirishga yoki yangi ishlar qilishga tayyor bo`lasiz.

Yaxshi uxlash uchun zarur bo`lgan yana bir eng muhum qoidalardan biri, yotishingizdan oldin hamma muammolaringizni esdan chiqarishga harakat qiling. Sizning miyangiz, qalbingiz va tanangiz qulay joyda, shinamlikda va orom baxsh xonada dam olsin.

Sizga yoqimli tushlar tilayman!

Kommentlar: 3 komment. 3 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Elmurod

    Yaxshi maqala ekan

  2. Gulli

    Uyqu olohning bizni ruhimzni va tanamiz uchun bergan ozuqaviy neʼmati uyqusiz inson yashay olmaydi chunki uyqu orqali inson ancha yengillashadi

  3. Gulli

    Uxlash uyquni sevadiganlar via uyqusi kelganlar uchun charchaganda dam 9olish uchun kerak

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social