Nemis kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan “GoalControl” gollarni aniqlash tizimi Braziliyada 2014 yilda bo`lib o`tadigan futbol buyicha jaxon chempionatida qo`llaniladi.
Mazkur tizim Konfederatsiyalar kubogi davomida testdan o`tkazildi. Sinovlar jarayonida tizim 68 ta golning hammasini aniq qayd etdi va hakamlarning ijobiy fikriga sazovor bo`ldi. Mundialdan tashqari “GoalControl” 2013 yil dekabrda Marokashda bo`lib o`tadigan klublar o`rtasidagi jahon chempionatida ham qo`llaniladi
FIFA rasmiy saytida xabar berishicha, endilkda barcha stadionlarda kerakli jixozlar o`rnatilib so`ngra barcha joylarda testlar o`tkaziladi. Tizim 14 ta kamera va to`p darvoza chizig`ini kesib o`tganida, hakamlarga maxsus signal beradigan qurilmadan foydalanadi.
O`yin vaqtida xakamlarning qo`pol hatosi tufayli ushbu tizim ishlatilishiga sabab bo`ldi.
Eslatib o`tamiz, jahon chempionati Germaniya va Angliya o`rtasida bo`lib o`tgan o`yinda (4:1) hakam Frenk Lempardning golini xisobga olmagan. Ushbu masala bo`yicha juda ko`p bahslar bo`lib o`tgandi. Shuningdek ushbu vaziyat katta janjalga aylangan edi.
yaxshi qilishdi,yordam beradi!
mana futbol xam texnik tarafdan rivojlanyapti!
xaaa bu ketishda hakamlagayam ish qomidi
lekin zor uylab topishdiu, gap yo!