O`zbekiston V`etnam termasini 3-1 hisobida engdi

O`zbekiston V`etnam termasini 3-1 hisobida engdi

15 oktyabr`, seshanba kuni Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida O`zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo Kubogi-2015 saralash «E» guruhi 3-tur uchrashuvlari doirasida V`etnam terma jamoasini qabul qildi.

V`etnamga qarshi uchrashuvda bir qator futbolchilar O`zbekiston milliy terma jamoasi safida debyut qildi. Darvozani «Nasaf»dan chaqirilgan Eldor Suyunov qo`riqlagan bo`lsa, yarim himoyada ilk bor «Nasaf» vakili Ilhom Yunusov harakat qildi. Ikkinchi bo`limda esa «Bunyodkor» hujumchisi Sardor Rashidov O`zbekiston milliy termasi libosida ilk bor maydonga tushdi. Aynan Rashidov 69-daqiqada hisobni ochdi.

Oradan ko`p o`tmay, o`ng qanotdan tashkil etilgan hujumni bartaraf etish vaqtida V`etnam milliy terma jamoasi himoyachisi Au Van Hoan o`z darvozasini ishg`ol qilib qo`ydi. 78-daqiqada esa V`etnam milliy terma jamoasi yarim himoyachisi Nguen Hoang hisobni qisqartirishga muvaffaq bo`ldi. Uchrashuv yakunlanishiga bir daqiqa qolganida esa «Paxtakor»dan chaqirilgan Igor` Sergeev O`zbekiston milliy terma jamoasi safidagi birinchi golini urib, o`yin 3:1 hisobida yakunlanishini ta`minladi.

15 oktyabr` kuni Toshkentdagi uchrashuv bilan parallel ravishda bo`lib o`tgan Gonkong hamda BAA terma jamlari o`rtasidagi o`yinda BAA milliy terma jamoasi yirik – 4:0 hisobida g`alaba qozondi.

3-turdan keyin guruhda BAA terma jamoasi 9 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. O`zbekiston va Gonkong hisobida esa 4 ochko bor. V`etnam hozirgacha bironta ochko jamg`ara olmagan. O`zbekiston milliy termasi navbatdagi o`yinlarni noyabr` oyida safarda V`etnam va Gonkong termalariga qarshi o`tkazadi.

http://uz24.uz/uz/

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. nodir

    uzbekiston endi jahon chempionatini uxshatmagan bulsam osiyo chempionati uxshatsin xech bulmasam!

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social