2014-yilgi “Oltin to`p”ga da`vogarlik qiluvchi uch futbolchi aniqlandi

2014-yilgi “Oltin to`p”ga da`vogarlik qiluvchi uch futbolchi aniqlandi

FIFA ning rasmiy internet nashriga ko`ra 2014 – yilgi “Oltin to`p”ga da`vogarlik qiluvchi uchlik aniqlandi ya`ni ular Krishtianu Ronaldu, Lionel` Messi va bu safar ularga raqib Manuel` Noyer bo`ladi.

G`olib 2015-yilning 12-yanvar` kuni Tsyurixda bo`lib o`tadigan marosimda aniqlanadi. O`tgan yil natijalariga ko`ra “Oltin to`p” sovrini Krishtianu Ronalduga topshirilgan edi. Bundan oldin esa Lionel` Messi ketma-ket to`rt marotaba olgan edi.

yilning eng yaxshi murabbiyi unvoni uchun Karlo Anchelotti (“Real”), yoaxim Lyov (Germaniya terma jamoasi) va Diego Simeone (“Atletiko”) lar kurash olib boradilar.

“Oltin to`p” ayollar o`rtasida da`vogarlar: Nadin Kessler (Germaniya), Marta (Braziliya) va Ebbi Vambax (AQSh).

“Pushkasha Sovrini” ya`ni mavsumning eng chiroyli goli uchun Stefani Roche, Xames Rodriges va Robin van Persilar bahs olib boradilar.

Kommentlar: 1 komment 1 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. Исмингиз

    Ronoldo oladi

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social