2015 yil: Ermatov eng yaxshi xakam, Messi eng yaxshi futbolchi!

2015 yil: Ermatov eng yaxshi xakam, Messi eng yaxshi futbolchi!

Ispaniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Lionel` Messi Evropa futbol klublari uyushmasi (ESA) ning 2015 yil bo`yicha eng yaxshi futbolchisi bo`lib Globe Soccer Awards sovrini egasi bo`ldi. Taqdirlash marosimi 27-noyabr` kuni BAAda bo`lib o`tdi.

Messi, “Yuventus” darvozaboni Djanluidji Buffon va “Real” hujumchisi Krishtianu Ronaldudan o`tib ketishga muvaffaq bo`ldi. 2015-yilda argentinalik futbolchi beshta sovringa, ya`ni: Ispaniya chempioni, mamlakat Kubogi, UEFA superkubogi, hamda Chempionlar Ligasi va klublar o`rtasidagi Jahon chempionligiga ega bo`ldi.

Eng yaxshi Evropa klubi deb “Barselona” topildi, murabbiylar orasida birinchi o`ringa Bel`giya termasining murabbiysi Mark Vil`mots deb topildi. Eng yaxshi akademiya sovrini Portugaliyaning “Benfika” klubiga topshirishldi.

yil haqami deb hamyurtimiz Ravshan Ermatov deb topildi, eng yaxshi agent esa – Portugaliyalik Jorje Mendesh deb tanlandi. Eng yaxshi klub prezidenti “Barselona” boshqaruvchisi Xosep Mariya Bartomeu bo`ldi.

2016-yilning 11-yanvar` kuni Tsyurixda Halqaro futbol federatsiyasi (FIFA) 2015 yil bo`yicha yilning eng yaxshilarini taqdirlash marosimi bo`lib o`tadi. Taqdirlash marosimida Oltin to`pga davogarlar Lionel` Messi, Neymar («Barselona») va Krishtianu Ronaldu (“Real”) nomzodlari ko`rsatilgan.

Kommentlar: 2 komment. 2 ta kommentdan so'nggi 10 tasini ko'ryapsiz
  1. шкурки хали хам Эрматов бор экан

  2. Хасан

    Эрматов жаноблари мамлактимизда энг хақиқатгўй инсон бўлса керак?

Komment qoldirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

Nima qidiramiz? Masalan,Inson

Social